O‘g‘limni qanday o‘qitay Hazrat?

Hazrat xalqimizga qilgan va qilayotgan savobli amallaringizni ajrini Alloh ziyodasi bilan bersin va ikki olam saodatini bersin. Savolim quyidagicha: Xudoga shukr o‘g‘lim yaqinda bir yoshga kiradi. Tug‘ilgandayoq niyat qilib Xudodan so‘ragan edim, sizdek katta alloma, hofizi Qur’on, insofli, diyonatli, Allohdan qo‘rqadigan inson, oxiratda Allohning do‘stlari maqomida bo‘ladigan banda bo‘lishini niyat qilganman, toki farzandlarim mendek omi bo‘lib qolmasin. Xudo xohlasa niyatimga etaman. Hazrat, qanday va qaerda o‘qitishni faqat bilmayman. Maktabmi, madrasami yoki boshqami bilmayman. Masalan dunyoviy ilmda maktab, kollej, institut shunday ketaveradi. Diniy ilmni qanday ketishini bilmayman, diniy ilmda ham shunday bosqichma-bosqich ketadigan o‘qishlar bormi? Shu haqida batafsil ma’lumot bersangiz iltimos, javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bizda bir xil madrasalar bor. Unga o‘rta maktabni bitirgandan keyin kiradi.

26 Май 2022, 20:13 | Савол-жавоблар | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar