Kitobni sotish yoki hadya qilish

Masalan menda bir necha juzli kitobning birinchi juzi bor, ikkinchi juzini xarid qilishga iqtisodiy imkoniyatim yo‘q. Lekin ayni damda bo‘lmasa ham, albatta kitobning ikkinchi juzi ham kerak. Savolim o‘zimdagi ikkita bo‘lgan birinchi juzning bittasini nima qilish haqida. Bunda uchta yo‘l bor ekan menimcha: 1. Kitobni birovga hozir yoki keyinchalik hadya qilish. 2. Kitobni olib qo‘yish, keyinchalik farzandlarimga berish uchun. 3. Kitobni sotib, ikkinchi juzni olish yoki kitobni ikkinchi juzga almashtirish. Hazrat, qaysi biri to‘g‘ri, aniq bilmayapman. Nima qilay? Iltimos, aytsangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Istixora qiling.

26 Май 2022, 20:13 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar