Otam haqida, Onamga bergan va’dam
Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! (Men ho‘jayinimning profilidan kirdim. ) Mening otam va onam ajrashib ketishgan. Men o‘zim turmushga chiqganman. Hozirda men otam bilan telefon orqali gaplashib turaman. Otam asli yomon odam emas, ayrim o‘zi biladigan sabablarga ko‘ra bizni yoshligimizda tashlab ketgan, onam ko‘p qiyinchiliklar bilan bizni boqib voyaga etkazdi, turmushga uzatdi, hozir onajonim og‘ir betob. Onam otam bilan gaplashishimga qarshi. Otam bilan gaplashayotganimni onamga bildirmaslikka harakat qilaman. Otamni mendan norozi bo‘lishidan yoki xafa bo‘lishidan Allohdan qo‘rqaman, otalik vazifasini bajarmagan bo‘lsada. Kuni kecha otam bilan gaplashayotganimni onam eshitib qoldi va navbatdagi noroziligini bildirib yig‘ladi, men onamni oldida o‘zimni aybdor hisoblab, otam bilan qaytib gaplashmaslikka va’da berdim. Endi nima qilishga hayronman, ortda onamning roziligi, otamning roziligi va bergan va’dam?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Otangiz bilan gaplashishini davom ettiravering. Bu burchdir. Onangiz tushunmaganlar.
26 Май 2022, 20:22 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Otangiz bilan gaplashishini davom ettiravering. Bu burchdir. Onangiz tushunmaganlar.
26 Май 2022, 20:22 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar