Taloq tushgan ekan…

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Ota-onam opam tug‘ilganlaridan keyin urishib qolishib, o‘rtalariga taloq tushgan, aniq qanaqa taloq, unisini bilmadim. U paytlar masjidlar kam va ilmlilar ham kam payt. Sovet davri, keyin shahardagi katta masjid imomidan uch kishi: Ota-onam va ammalari borishgan, ahvolni aytishgan. «Imkoni bormi, birga yashashga shariatda ruxsat bormi», deb. Keyin u imom ota-onamgamas, yolg‘iz ammalariga: “Ruxsat yo‘q. Ular begona, nomahram, taloq tushgan”, degan. Keyin ammalari ularga chiqib, “Taloq tushmabdi, yashayveringlar, ajrashmanglar” deb aytganlar. Yarashib ketishligini xohlab, ajrashib ketishmasin, deb. Keyin yana farzandlar tug‘ilgan, bu gapdan hech kimning xabari yo‘q. Faqatgina o‘sha ammalari o‘lishlaridan oldin qizlariga aytgan ekanlar. Qizlari faqat menga aytib, “Sir bo‘lib qolsin, ota-onangga aytmagin”, dedilar. Endi men ota onamni va qolganlarni taqdirini o‘ylab qiynalib ketdim. Ular zinokormi? Benikoh tug‘ilgan farzandlari do‘zaximi? (Bular tanish opajonning so‘zlari edi)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gapni jonli majlisda hal qilish kerak.

26 Май 2022, 20:23 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar