Shu hadisni sahih yoki uydirma

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Yaqinda bir Domlaning Ramazon oyi to‘g‘risidagi ma’ruzasini eshitdim. Ushbu ma’ruzada domla bir hadisni o‘qib berganlar. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday deyilgan ekan: “Kimiki ramazon oyida Alloh harom qilgan narsalarni iste’mol qilsa (nos, sigaret, aroq va hakazo), o‘sha insonni qilgan bir yillik barcha savob ishlari, ibodatlari va yaxshiliklari habata bo‘ladi”. Shu hadisni sahih yoki uydirma ekanligini bilish uchun sizga murojaat qilyapman. Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kabi narsalarni aytgan odamning o‘zidan so‘rash kerak. Men bunday hadis borligini bilmayman. Kitoblardan izlab topishni iloji ham yo‘q.

26 Май 2022, 20:26 | Савол-жавоблар | 141 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar