Ho‘l va quruq mevalarni ijaraga berish joizmi?

Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Savolim: Kasbim to‘ylarda ho‘l va quruq mevalarni ijaraga berish. Rizqimni halol yo‘l bilan topayotganimga batamom ishonch hosil qilish uchun kasbim faoliyati haqida batafsil tanishtirmoqchi edim. Bu shunday: Ho‘l va quruq meva mahsulotlarini to‘yxonaga o‘zimiz olib borib, bezatib dasturxonga tortamiz. Har bir stol dasturxoni uchun ( o‘rtacha 30 ta bo‘ladi ) 5000 so‘m ijara haqi olamiz. Bundan tashqari mahsulotlar to‘ydan avval va tugagach qayta elektron tarozida tortiladi. Faqat ketgan mahsulot uchun kilosiga pul olamiz. Endi meni o‘ylantirayotgan narsa shu mahsulotlarni bozorga tarqatadigan birinchi qo‘ldan sotib olamiz va ustiga narx qo‘yib to‘yda ketganiga pul olamiz. Bu quyidagicha: Xandon pista narxi 47.000 sotishim 50.000, Bodom 30.000 sotishim 37000, Funduk 20.000 sotishim 30.000, novvot 8.000 sotishim 12.000, shokolad 14.000 sotishim 20.000, qand 6.000 sotishim 10.000 Shu savdo halolmi ? Kamchiliklari bo‘lsa aytsangiz. Tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Aldov bo‘lmasa to‘g‘ri.

26 Май 2022, 20:28 | Савол-жавоблар | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar