Yusuf as ning husnlari nimaga qiyoslangan?

Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari!Sahih Muslimda 74 bob 317/1 hadisning quyida, ya’ni Muhammad (s.a.v) 3 chi osmonga ko‘tarilgan joylari : “Jabroil alayhissalom men bilan uchinchi osmonga ko‘tarilib, (eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar etib yuborildi», dedilar. Bas, oldimizdagi (eshik) ochilgan edi, (butun insoniyatga berilgan husnning) yarmi ato etilgan Yusuf alayhissalom oldilarida turibman”. Shu hadisda oxirgi jumlani izohlab bersangiz, ya’ni Yusuf a. s ning husnlari nimaga qiyoslangan? Payg‘ambarimiz Muhammad s. a. v ning husnlarining yarmimi? Yoki (butun insoniyatga berilgan husnning) yarmimi, agar butun insoniyat bo‘lsa u holda Payg‘ambarimizning go‘zal yuzlari butun insoniyatga berilgan husnga tengmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Umumiy husnning.

26 Май 2022, 20:29 | Савол-жавоблар | 153 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar