Hadisni noto‘g‘ri tarjima qilib gapirish

Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Men bermoqchi bo‘lgan savolimning javobini sizning kitobingizni o‘qib bilib olganman, buning uchun sizdan Alloh rozi bo‘lsin. Lekin maqsadim ba’zi shu gapni uyalmay gapirib yurgan domlalarimizga sizga o‘xshagan Ustozlar aytib qaytarishsa yaxshi bo‘lar edi. Toshkentning mashhur imomlaridan biri mav’izada ( 500-1000 ga yaqin odam bor) Sahihi Buxoriyning noto‘g‘ri tarjimasidagi bir hadisni aytib “Payg‘ambarimizning oldilariga kaltakesak qovurib kelishdi. U zot emadilar. Lekin bir sahobiy edi, unga indamadilar” deb harom narsani sahobaga edirib Rasulullohni maqtayapti. Hadisni noto‘g‘ri tarjima qilib aytsa ham hadisdagi: “Man kazaba alayya” ga doxil bo‘ladimi? Beodoblik qilgan bo‘lsam uzr, o‘sha domladan uch-to‘rt marta eshitib yozishga majbur bo‘ldim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta! Bunday holatda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Men bu haqda alohida maqola ham yozganman. Sahihul Buxoriydagi ushbu hadisni avval tarjima qilganlar shunday noto‘g‘ri tarjima qilganlar.

26 Май 2022, 20:31 | Савол-жавоблар | 165 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar