Xufton nomozi
Assalomu alaykum shayx janoblari.Men bomdondi o‘qiganimdan so‘ngi qolgan nomozlarimni peshin, asr, shom ayrim paytda xuftonni ish xonamda o‘qiyman savolim shuki ishim kupayib ketgan vaktdan shom nomozini o‘qib bo‘lganimdan so‘ng xuftonni vaqti o‘tib ketsa uyga borib uqiyman deb axd qilaman. Ko‘pincha ish xonaga xuftonni o‘qigim kelmay uyga borib o‘qishni yaxshi ko‘raman. Misol uchun xufton 18:50da o‘qilayotgan bo‘lsa uyga 22:00da yoki undan xam ertaroq vaqtga borib o‘qiyman. Shu namozlar qazo bo‘lmaydimi Savollar bilan boshingizni og‘ritganim uchun uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bizda kishilar tartibli ravishda tahlim olmaganlari uchun siz bergan savolga o‘xshash savolni ko‘p berishadi. Ko‘pchilikning ongida taqvimda ko‘rsatilgan vaqtning ayni o‘zida namoz o‘qish kerak. Undan o‘tib ketsa bo‘lmaydi, degan fikr o‘rnashib qolgan. Aslida taqvimda masjidda namoz o‘qish uchun belgilangan vaqt ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yahni, masjid jamoasiga tavsiya qilingan vaqtda. Aslida o‘sha taqvimda ko‘rsatilgan vaqtda oldin namoz o‘qisa bo‘ladigani ham bor, keyin o‘qisa bo‘ladigani xam bor. Har bir namozni kirish va chiqish vaqti bor. O‘shani bilib olib ikkisini orasida o‘qisa bo‘laveradi. NAMOZNING VAQTLARIBunda qaysi namozni qay vaqtda o‘qiladi. Besh vaqt farz namozlarning har birining avvalgi va oxirgi vaqtlari. Qay vaqtda namoz o‘qimoq joiz emas, qay vaqtda makruh bo‘ladi kabi masalalar muolaja qilinadi.Bomdodning vaqti ufqda ko‘ndalang bo‘lgan fajrdan boshlab to quyosh chiqqunchadir. Peshinning vaqti har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lguncha. Zavol paytidagi soyadan boshqa. Bir rivoyatda bir barobar deyilgan. Asrning vaqti o‘shandan quyosh botguncha. Shomniki undan to shafaq g‘oyib bo‘lguncha. U qizg‘ishlikdir va bunga fatvo berilgandir. Xufton va undan keyin Vitr mazkur vaqtdan to fajrgachadir. Ikkisiga bir xil. Fajrni oqarganda boshlash mustahabdir. Toki qirq oyatni tartil qilishga va tahorati yo‘qligi zohir bo‘lib qolsa yana qaytarishga imkon bo‘lsin.Yozda Peshinni kechga surish mustahabdir. Asrni ham modomiki, quyosh o‘zgarmasa. Shuningdek, Xuftonni kechaning uchdan birigacha va uyg‘onishga ishonchlilar uchun Vitrni oxirigacha.Qishda Peshin va Shomni erta o‘qiladi. Bulutli kunda Asr va Xuftonni erta o‘qiladi. Ikkisidan boshqani kech o‘qiladi.Quyosh chiqayotganda, qiyomda turganda va botayotganda namoz o‘qish, tilovat sajdasi qilish va janoza namozi o‘qish joiz emas. Illo o‘sha kunning Asri bundan mustasno. Mazkurlar imom xutbaga chiqqanda makruhdir.Subhdan keyin uning sunnatidan boshqa nafl makruhdir. Shuningdek, Asrni ado qilinganidan keyin to quyosh botguncha.Kim namozning oxirgi vaqtida ahli farz bo‘lib qolsa, faqat o‘sha namozni qazo qiladi. Oxirgi vaqtda hayz ko‘rgan qazo qilmaydi. Muxtasarda kelgan matnning tarjimasi bilan tanishib olganimizdan keyin uning sharhini va har bir hukm qaysi shar’iy dalildan olinganini o‘rganib chiqaylik.1. Bomdodning vaqti ufqda ko‘ndalang bo‘lgan fajrdan boshlab to quyosh chiqqunchadir.Tong otib yangi kun boshlanishi bilan birinchi farz bo‘ladigan namoz Bomdod bo‘lgani uchun ayni shu namozning vaqtini bayon qilishdan boshlandi. Bu jumladagi «ufqda ko‘ndalang bo‘lgan fajr»dan murod subhi sodiqdir. Bundan oldin uzunasiga, bo‘rining dumiga o‘xshab otadigan subhi kozib emasligi shundan bilib olamiz. Samura ibn Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Saharliklaringizdan Bilolning azoni ham, ufqda bundoq bo‘lib ko‘tarilgan oqlik ham sizni aldab qo‘ymasin. Toki, mana bundoq bo‘lib yoyilguncha (bo‘laveradi)», dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.Termiziyning lafzida: «Saharliklaringizdan sizni Bilolning azoni ham, balandga ko‘tarilgan fajr ham man’ qilmasin. Lekin ufqga yoyilgan fajr bo‘lsa (bo‘ladi)», deyilgan.Tong otish payti ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda yorug‘lik pastdan yuqoriga ko‘tariladi, buni subhi kozib yoki fajri kozib deyiladi. Ya’ni, yolg‘onchi tong degani. Ushbu hadisi sharif hukmiga ko‘ra o‘sha subhi kozib vaqtida saharlik vaqti tugamagan bo‘ladi. Ikkinchi bosqich esa, yorug‘likning ufq bo‘ylab ko‘ndalaniga tarqalishi bilan bo‘ladi. Buni subhi sodiq yoki fajri sodiq, ya’ni, rost tong, deyiladi. Ana shunda og‘izni berkitish vaqti kirgan bo‘ladi. Undan keyin saharlik qilish mumkin emas. balki Bomdod namozining vaqti kirgan bo‘ladi.Bomdod namozining oxirgi vaqti qochonligiga dalil.Alloh taolo «Toho» surasida:«Robbingga quyosh chiqishidan oldin tasbih va hamd ayt», degan (130-oyat).Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozlarning vaqti haqida so‘raldi. Bas u zot: «Bomdod namozining vaqti quyoshning avvalgi shoxi chiqmaguncha…», dedilar.Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.2. Peshinning vaqti har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lguncha. Zavol paytidagi soyadan boshqa. Bir rivoyatda bir barobar deyilgan.Peshinning avvalgi vaqtini belgilashda ulamolar ushbu oyatdan dalil olganlar:«Quyosh og‘ishidan to kun qorong‘usigacha namozni to‘kis ado qil» (Isro, 78-oyat). Ko‘pchilik tafsirchi ulamolarimiz, ushbu oyati karimadagi «Quyosh og‘ishi» - zavolga ketishini bildiradi va bu bilan peshin namozi vaqti kiradi, deganlar. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan uzun hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozlarning vaqti haqida so‘raldi. Bas u zot: «Bomdod namozining vaqti quyoshning avvalgi shoxi chiqmaguncha, Peshin namozining vaqti quyosh osmon qornidan zavolga ketgandan …», dedilar.Zavolni bilish uchun tekis joydagi biror narsaning soyasiga nazar solish kerak. Agar soya qisqarib borsa zavoldan oldingi vaqt bo‘ladi. Agar soya to‘xtab tursa qiyom vaqti bo‘ladi. Agar soya uzaya boshlasa zavol vaqti bo‘ladi.Peshinning oxirgi vaqtini belgilashda ulamolarimiz ikki xil ijtihod qilganlar. Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhi «Zavol paytidagi soyani hisobga olmay har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lguncha», deganlar. Imom Abu Yusuf, Muhammad va Zufar rahmatullohi alayhimlar «Zavol paytidagi soyani hisobga olmay har bir narsaning soyasi o‘ziga bir barobar bo‘lguncha», deganlar.Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhining dalili imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan. quyidagi hadisdir:Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Harorat shiddatli bo‘lgan paytda namozni sovutib o‘qinglar. Albatta, haroratning shiddati jahannamning qaynab chiqqan issig‘idandir», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan.Jumhurning dalili quyidagi hadis. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Jibroil alayhissalom menga baytning (Baytullohning) oldida ikki marta imomlik qildi. Bas, ulardan birinchisida Peshinni soya kavushning tasmasicha bo‘lganda o‘qidi. So‘ngra Asrni har bir narsaning soyasi o‘z mislicha bo‘lganda o‘qidi. So‘ngra Shomni quyosh botib, ro‘zador iftor qiladigan paytda o‘qidi. So‘ngra Xuftonni shafaq g‘oyib bo‘lganda o‘qidi. So‘ngra Bomdodni fajr yaraqlab ro‘zadorga taom harom bo‘ladigan vaqtda o‘qidi. Ikkinchi martada Peshinni har bir narsaning soyasi o‘z mislicha bo‘lganda, kechagi Asr vaqtida o‘qidi. So‘ngra Asrni har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lganda o‘qidi. So‘ngra Shomni birinchi o‘qigan vaqtida o‘qidi. So‘ngra Xuftonni kechaning uchdan biri ketganda o‘qidi. So‘ngra Bomdodni er yorishib ko‘ringanda o‘qidi. So‘ngra Jibroil menga o‘grilib qaradi-da: «Ey Muhammad, manashu, sendan oldingi anbiyolarning vaqtidir. Vaqt ushbu ikki vaqtning o‘rtasidir», dedi», dedilar». Termiziy va uning ikki sohibi rivoyat qilishgan.3. Asrning vaqti o‘shandan quyosh botguncha. Asr namozi vaqtining kirishi har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki barobar bo‘lgandan to quyosh botguncha.Bu hukmning dalili ham Jabroil alayhissalomning Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga namoz o‘qib o‘rgatkanliklari haqidagi hadis.4. Shomniki undan to shafaq g‘oyib bo‘lguncha. U qizg‘ishlikdir va bunga fatvo berilgandir. Imom Muslim Ibn Umar roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:«Modomiki shafaq g‘oyib bo‘lmasa, Shomning vaqti bor», deganlar.Jabroil alayhissalom Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallamga namozning vaqtlarini ko‘rsatganligi haqidagi hadisda «So‘ngra Shomni quyosh botib, ro‘zador iftor qiladigan paytda o‘qidi. So‘ngra Xuftonni shafaq g‘oyib bo‘lganda o‘qidi», deyilgan. Demak, Shom namozining vaqti ushbu ikki vaqt orasida bo‘ladi.Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam «Shom namozining vaqti quyosh g‘oyib bo‘lgandan shafaq tushguncha», deganlar. Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.5. Xufton va undan keyin Vitr mazkur vaqtdan to fajrgachadir. Ikkisiga bir xil.Mazkur vaqtdan Shom namozining vaqti tugagandan keyindan boshlab deganidir.Jabroil alayhissalom Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallamga namozning vaqtlarini ko‘rsatganligi haqidagi hadisda «So‘ngra Xuftonni shafaq g‘oyib bo‘lganda o‘qidi», deyilgan. Bunda Xuftonning avvalgi vaqtida o‘qilgani haqida so‘z bormoqda. Oxirgi vaqti esa Bomdodning vaqti kirguncha davom etaveradi. Bunda Xufton bilan birga Vitr namozining vaqti bir xil.Fajrni oqarganda boshlash mustahabdir. Toki qirq oyatni tartil qilishga va tahorati yo‘qligi zohir bo‘lib qolsa, yana qaytarishga imkon bo‘lsin.Ya’ni, Bomdod namozini o‘qishni tong oqarib qolganda boshlash mustahabdir. Bu vaqtni shunday tartibga solish kerakki, namozni niyat qilib zam suraga qirq oyatni shoshilmay tartil bilan o‘qib bo‘lgandan keyin ham tahoratsiz odam tahorat qilib kelib namozni yangitdan boshlab yana qirq oyatni tartil qilib namozini tugatguncha quyosh chiqmaydigan bo‘lishi lozim.Imom Nasaiy Rofe’ ibn Xadiyj roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sallollohu alayhi vasallam:«Bomdodni tong oqarganda o‘qinglar», deganlar.Mahmud ibn Lubayd o‘zining qavmidan bo‘lgan ansoriylardan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:«Modomiki, Bomdodni tong oqarganda o‘qisangiz, uning ajri ulug‘dir», deganlar. Yozda Peshinni kechga surish mustahabdir. Asrni ham modomiki, quyosh o‘zgarmasa. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Harorat shiddatli bo‘lgan paytda namozni sovutib o‘qinglar. Albatta, haroratning shiddati jahannamning qaynab chiqqan issig‘idandir. Do‘zax o‘z Robbisiga shikoyat qilib: «Ey Robbim, mening ba’zim ba’zimni eb yubordi», dedi. Bas unga ikki nafasga izn berdi. Qishda bir nafasga, yozda bir nafasga. Siz duch keladigan eng shiddatli issiq va eng shiddatli sovuq ana o‘shandandir», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan.Shuningdek, Xuftonni kechaning uchdan birigacha va uyg‘onishga ishonchi borlar uchun Vitrni oxirigacha.Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Xufton namozini kechaning yarimigacha surib turib o‘qidilar. So‘ngra: «Batahqiq, odamlar namozni o‘qib uxladilar. Ammo, sizlar, modomiki namozga intizor bo‘lib turdingizmi, namozdadirsizlar», dedilar».Boshqa rivoyatda: «Agar ummatimga mashaqqat bo‘lishini o‘ylamaganimda, shundoq qilib o‘qishlariga amr qilgan bo‘lar edim», dedilar». Uchovlari rivoyat qilishgan.Termiziy rivoyatida: «Agar ummatimga mashaqqat bo‘lishini o‘ylamaganimda, ularga Xuftonni kechaning uchdan birigacha yoki yarimigacha orqaga surishni amr qilgan bo‘lar edim», deganlar».Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Kim kechaning oxirida tura olmaslikdan qo‘rqsa, uning avvalida Vitr o‘qisin. Kim uning oxirida turishdan umidvor bo‘lsa, Vitrni kechaning oxirida o‘qisin. Albatta, tungi namoz shohid bo‘lingandir. O‘sha afzaldir», dedilar».Muslim va Termiziy rivoyat qilgan.Qishda Peshin va Shomni erta o‘qish mustahabdir. Imom Nasaiy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda:«Rasululloh sallollohu alayhi vasallam issiqda namozni sovutib o‘qir va sovuqda tezlatib o‘qir edilar», deyilgan.Shom namozini vaqti kirishi bilan tezda o‘qish sunnatdir. Imom Abu Dovud va al-Hokimlar Marsad ibn Abdullohdan rivoyat qiladilar:«Abu Ayyub huzurimizga g‘oziy bo‘lgan holda keldi. O‘sha kunlarda Uqba ibn Omir Misrga boshliq edi. U Shomni kech o‘qidi. Abu Ayyub uning oldiga borib:«Bu qandoq namoz, ey Uqba?!» dedi.«Mashg‘ul bo‘lib qoldik», dedi u.«Ammo men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning, modomiki mening ummatim Shomni yulduzlar aralashadigan bo‘lguncha kechga surmas ekan yaxshilikda bardavom bo‘ladi» deganlarini eshitganman», dedi».Bulutli kunda Asr va Xuftonni erta o‘qiladi. Asrni kech o‘qilsa bulut sababidan makruh vaqtga kirib qolish xavfi bor. Xuftonni kechga surilsa, havo yog‘ishidan xavfsirab jamoatga odam oz keladi. Ikkisidan boshqani kech o‘qiladi.Bulutli kunda Bomdod, Peshin va Shomni kech o‘qiladi. Bomdodni erta o‘qilsa zulmat sababidan jamoat aldanib ko‘pi kelmay qolishi ehtimol.Peshin va Shomni bulutli kunda erta o‘qisa, vaqtidan oldin bo‘lib qolishi xavfi bor.Quyosh chiqayotganda, qiyomda turganda va botayotganda namoz o‘qish, tilovat sajdasi qilish va janoza namozi o‘qish joiz emas. Bu hukmning dalili quyidagicha.Imom Nasaiy Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:«Nabiy sallollohu alayhi vasallam bizlarni uch soatda namoz o‘qishdan va o‘lganlarimizni qabrga qo‘yishdan nahiy qilar edilar; Quyosh chiqayotganda hatto ko‘tarilib bo‘lguncha. Qiyomdagi issiq vaqtda va quyosh botishga yo‘llanib to botib bo‘lguncha». Illo o‘sha kunning Asri bundan mustasno.Uni quyosh botayotganda ham o‘qisa bo‘ladi. Kechga qoldirishi gunoh, ammo namozi namoz bo‘laveradi.Ammo bir odam Bomdod namoziga kech qolsa, quyosh chiqmay turib bir rak’atini o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqib qolsa, namozi buziladi.Shuningdek, bir kishi kech qolib Asrning bir rak’atini o‘qigandan keyin quyosh botib qolsa namozi botil bo‘lmaydi. U o‘z namozini davom etdirib o‘qiyveradi. Namoz tugal bo‘ladi. Mazkurlar imom xutbaga chiqqanda makruhdir.Ya’ni, namoz o‘qish, tilovat sajdasi qilish va janoza o‘qish imom juma, iyd, haj, kusuf va xusuf namozlari xutbasiga chiqqanida makruh.Chunki, bu paytlarda mazkur narsalar bilan mashg‘ul bo‘lish xutbani eshitishga xalal beradi. Undan yuz o‘girishga o‘xshab qoladi.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Juma kuni imom xutba qilayotganida qachon o‘z sherigingga, «jim tur!» desang, batahqiq, behuda ish qilgan bo‘lasan», dedilar».Beshovlari rivoyat qilgan.Mana shu hadis Hanafiylarning imom xutba qilgani minbarga chiqqandan keyin namoz o‘qish harom degan qavllariga eng kuchli dalillardan biridir. Birovga, jim tur, deyish amri ma’ruf. Amri ma’ruf farz. Farz amalni qilib bo‘lmaganidan keyin sunnat o‘qish joiz bo‘lmasligi turgan gap.Ba’zilar quyidagi rivoyatni dalil qilib imom xutba qilib turgan bo‘lsa ham tahiyyoti masjid namozini o‘qib olish zarur degan tushunchaga boradilar.Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Sulayk al-G‘atafoniy Juma kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam xutba qilib turganlarida kelib o‘tirdi. Bas, U zot: «Ey Sulayk, turib ikki rak’at namoz o‘qib ol. Ularni engil qil», dedilar. So‘ngra esa: «Qachon birortangiz Juma kuni imom xutba qilib turganda kelsa, ikki rak’at namoz o‘qib olsin va ularni engil qilsin», dedilar».Beshovlari rivoyat qilgan.Bu rivoyatni ulamolar ikki xil ta’vil qilishgan. Ba’zilari, bu namoz Jumaning farzidan oldingi sunnat, desalar, boshqalari bu namoz tahiyyoti masjid namozidir, deganlar.Shu bilan birga, aytib o‘tish lozim narsalar ham bor. Hanafiy mazhabida imom minbarga chiqqanidan keyin namoz o‘qish harom. U xutbani boshlaganda esa, salomga alik olish, aksa urganga yaxshi tilak aytish, Qur’on o‘qish va shunga o‘xshagan narsalar ham mutlaqo mumkin bo‘lmaydi.Hanafiylar bu hadisni Payg‘ambar alayhissalom haligi odamni namoz o‘qishga amr qilib, o‘zlari xutbadan to‘xtab turganlari bilan izohlaydilar.Dora Qutniy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xutba qilib turganlarida bir kishi masjidga kirib keldi. Bas, u zot:«Ey Falonchi, namoz o‘qidingmi?» dedilar.«Yo‘q», dedi.«Tur! Ikki rak’at namoz o‘qib ol!» dedilar va u namoz o‘qib bo‘lguncha intizor bo‘lib turdilar».Boshqa bir rivoyatda:«To u namozini o‘qib bo‘lguncha xutbani to‘xtatib turdilar», deyilgan.Subhdan keyin uning sunnatidan boshqa nafl makruhdir. Shuningdek, Asrni ado qilinganidan keyin to quyosh botguncha.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi: «Menga eng rozi bo‘lingan kishilar guvohlik berdilar. Ularning ichida eng rozi bo‘lingani Umardir. «Albatta, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Bomdod namozidan keyin to quyosh chiqquncha va Asrdan keyin (quyosh) botguncha namoz o‘qishdan qaytarganlar». Beshovlari rivoyat qilishgan.Bu ikki vaqtda nafl namoz o‘qish makruhdir. Tilovat sajdasi, janoza namozi va qazo namoz o‘qisa joiz.Ulamolarimiz mazkur dalillar va ulardan boshqa hujjatlaru qoidalarni ishga solib namoz o‘qish harom yoki makruh bo‘lgan vaqtlarni tartibli ravishda bayon qilib berganlar.Hanafiy mazhabi bo‘yicha quyidagi vaqtlarda barcha namozlarni o‘qish haromdir;1. Quyosh chiqayotgan paytda.2. Quyosh qiyomga kelgan vaqtda. (Juma kuni mustasno)3. Quyosh botayotgan paytda. (O‘sha kunning Asri mutasno).Quyidagi vaqtlarda nafl o‘qish harom;4. Bomdod namozi farzini o‘qigandan to quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilguncha.5. Asr namozi farzini o‘qigandan to quyosh botguncha.Hanafiy mazhabi bo‘yicha quyidagi vaqtlarda ham nafl namozlari o‘qish makruhdir;6. Tong otgandan so‘ng Bomdodning sunnatidan boshqa namozlarni o‘qish. Buning dalili «Fajrdan keyin Bomdodning ikki rak’at sunnatidan boshqa namoz yo‘q» degan hadis. Tabaroniy Ibn Umardan rivoyat qilgan.7. Shom namozidan oldin nafl o‘qish. Chunki Shom namozini tez o‘qishga amrlar bor. Undan oldin nafl o‘qish Shomni kechiktirish bo‘ladi.8. Juma, iyd, haj, nikoh, kusuf va istisqo xutbalari bo‘lib turgan vaqtda. Bu vaqt imom minbarga chiqqandan to namozni o‘qib bo‘lguncha davom etadi.9. Iyd namozidan oldin va keyin.10. Farz namozga iqoma aytilganda. Faqat Bomdodning sunnatini tezda, farzga ulgurish sharti bilan o‘qib olsa ruxsat. Kim namozning oxirgi vaqtida ahli farz bo‘lib qolsa, faqat o‘sha namozni qazo qiladi. Birorta shaxs namoz vaqtidan tahrimani aytgunchalik vaqt qolganda balog‘atga etdi yoki musulmon bo‘ldi. Oz vaqt bo‘lsa ham unga namoz farz bo‘ldi. Bas, u o‘sha namozni qazosini o‘qiydi.Chunki oldingi vaqtda ado qilinmagan narsa uchun oxirgi vaqt mo‘’tabar bo‘ladi. Kim oxirgi vaqtda farzni ado qilishga ahl bo‘lsa, unga o‘sha vaqtning farzini ado etish vojib bo‘ladi. Mazkur oxirgi vaqtda farzni ado etishga ahl bo‘lmasa, undan mazkur farz soqit bo‘ladi.- Demak, siz Bomdod vaqti kirguncha Xuftonni o‘qisangiz bo‘alveradi.
20 Апрел 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 312 | Namoz