Yana taloq tushadimi?

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Sizga savolim quyidagicha: Erim shart qo‘ygan: "Agar shu ishni qilsang sen menga haromsan deb". Men u ishni taloq tushishidan qo‘rqib qilganim yo‘q. Lekin boshqa yana bir sabablar bilan bizga taloq tushgan. Haligacha nikoh qilganimiz yo‘q. Agar men o‘sha ishni qilsam, yana ikkinchi marotaba taloq tushadimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Boshqa sabablar bilan taloq tushgan bo‘lsa, yarashmay turinglar. Idda chiqqandan keyin yangitdan nikohlanasizlar. O‘shanda haligi gap o‘tmaydigan bo‘lib qoladi.

26 Май 2022, 20:32 | Савол-жавоблар | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar