Qay biri afzal (avvalida o‘tirib o‘qiganmi yo oxirida tik turib)?

Xorijda olis masofaga yuk mashinasini haydaymiz. Alhamdulillah, sherigim ham namoz o‘qiydi. Faqat u boshqa mazhabda (namozlirini jamlaydi). Mashina birodarimniki. Turli sabablarga ko‘ra men uchun namozni avvalgi vaqtiga ruknlarni to‘la bajargan holda o‘qish imkoni bo‘lmaydi, asosan. To‘xtab, namozni bemalol ado qilish imkoniyati ko‘pincha namoz vaqtining keyingi vaqtlariga to‘g‘ri keladi. Savolim shuki, shu hollarda sherigim mashinani boshqarsa, men namozni – avvalgi vaqtida o‘tirgan holda ado qilganim afzalmi yoki tik turib o‘qishga umid bo‘lsa oxirgi vaqtni kutganim afzalmi (shunisi ko‘proq) yoki avvalgi vaqtida o‘tirgan holda ado qilib, so‘ng namoz vaqti chiqmasdan turib oxirgi vaqtlarida qayta o‘qib olish afzalmi? Avvalo, uzr, savolim uzviy bog‘liqligi sabab bittadan ziyoda so‘radim. Hozir ko‘p birodarlarimiz shu ishda. Shu sabab, sizdan iltimos, savolimga to‘liqroq javob bersangiz. Rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oxirgi vaqtida bo‘lsa ham, tik turib o‘qish kerak.

26 Май 2022, 20:37 | Савол-жавоблар | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar