Sadaqa va ehsonning farqi

Ehson - bu “Har bir amalni Allohni ko‘rib turgandek amal qilish, bunga qodir bo‘lmasa Alloh meni ko‘rib turibdi” deb amal qilishligini eshitganman. Ammo molni ehson qilish deganda nima tushiniladi? Aniqrog‘i, Rasululloh salollohu alayhi vasallam va ahli baytlariga sadaqa harom bo‘lib, ehson halol bo‘lgan. Savolim shuki, molni ehson qilish va sadaqa qilish o‘rtasida nima farq bor. Ikkkisining savobi birdaymi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ehson degani yaxshilik qilish degani. Molni yaxshilik uchun sarf qilish ham ehson bo‘ladi. Siz keltirgan gap boshqa sohaga bog‘liq. Bu ibodat qilishga aytilgan.

26 Май 2022, 20:42 | Савол-жавоблар | 305 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar