Nikoh qabul qilinganmi yoki yo‘qmi?

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz bir yil oldin Koreyada ishlab yurgan paytda o‘zbek qiz bilan tanishib, o‘rtamizga muhabbat tushdi. Zino bo‘lmasin deb, qizni ota onasiga aytib, mening ota onamga yurtga qaytganda aytmoqchi edik. Koreyada pokistonlik domlaga nikoh o‘qitdik. Oradan vaqt o‘tib, qiz boshqa erkak bilan menga xiyonat qildi va men bir taloq berdim, oramiz buzilib ketdi. Hozir qiz yana munosabatimizni tiklamoqchi 1. Savol: Ustoz bizning nikoh qabul bo‘lganmidi? 2. Hozir men oramizni tiklamasdan yurtimga qaytib uylanyotib nikoh paytida oldin “men shunaqa xolatdagi nikoh qilganman” deb aytishim kerakmi? Agar bizni Koreyadagi nikoh qabul bo‘lmagan bo‘lsa aytmasam ham bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Nikoh qabul bo‘lganmi deyilmaydi. Nikoh to‘g‘ri bo‘lganmi deyiladi. Sizlar balog‘at yoshiga etgan bo‘lganingiz uchun, nikohning boshqa shartlar – mahr, guvoh hamda iyjob va qabul to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, durust bo‘ladi. Qaytib uylanyotib, nikoh paytida “oldin men shunaqa xolatdagi nikoh qilganman” deb aytish kerak emas.

26 Май 2022, 20:39 | Савол-жавоблар | 179 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar