Kuni va adadi noma’lum bo‘lgan qazo namozlarida zam sura o‘qish tartibi

Yil, oy, kuni noma’lum bo‘lgan bir necha yillik namozlarni azon va iqomatsiz o‘qish mumkinmi ? Shunday vaqti, adadi noma’lum bo‘lgan shom namozini qazosini o‘qiganda, uchinchi rakaatida zam sura o‘qiladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bir necha yillik namozlarni azon va iqomatsiz o‘qish mumkin. Shunday vaqti, adadi noma’lum bo‘lgan shom namozini qazosini o‘qiganda, uchinchi rakaatida zam sura o‘qiladi.

26 Май 2022, 20:39 | Савол-жавоблар | 200 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar