Dunyodan o‘tganimdan so‘ng ibodatdan, tilovat qilishdan to‘xtab qolaman-ku

Men, Mahmud Xalil Xusariy, Muhammad Siddiq Minshaviy va Abdulbosit qorilarni tilovatlarini sevib eshitaman.Alhamdulillah beadadki, o‘zim ham imkon qadar Qur’onni tilovat qilaman.Ammo farzandlarim hali yosh Qur’on tilovatini bilmaydi.
Savolim shuki: Dunyodan o‘tganimdan so‘ng mashhur qorilarning tilovatlarini eshitishdan va o‘zim ham ibodatdan, tilovat qilishdan to‘xtab qolaman-ku, degan g‘am bosmoqda. Buning ilojisi qanday bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu dunyodagi ibodatlar va solih amallar hamroh bo‘ladi. U dunyoda amal yo‘q. Bu dunyodagi amalning mukofoti yoki jazosi bor. Farzandlarni tarbiya qilish kerak. Bandaning ortidan qolgan faqrzandlarning savob bag‘ishlashi ham kishiga oxiratda foyda beradi. https://islom.uz/savollar/smf/index.php/topic,33802.0.html

26 Май 2022, 20:39 | Савол-жавоблар | 160 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar