Inson tilidagi mo‘’jiza
Kecha tunda bir ajoyib mo‘’jizaga guvoh bo‘ldim. Alloh subhanahu va taolo barcha maxluqotlarini o‘ziga bo‘ysundirib qo‘ygani bizlarga ma’lum. (القهار) Al-Qahhor Qahhor - Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni o‘z hukmiga yuritib va qudrati ila bo‘ysundirib turuvchi. Bu haqiqat hattoki inson og‘zida joylashgan bir parcha go‘sht tilimizda ham mujassam ekan. Chunki xar safar Alloh so‘zini aytganimizda e’tibor berib tilimiz harakatiga qaralsa, u Alloh so‘zining oxirgi (h) harfini aytishimiz bilan tishlarimiz orqasiga sajda qilib yotar ekan. Har safar Alloh deganda, tilimiz sajda qilgan misoli uchki tomonini tishimiz orqasiga yashirib yotib olar ekan. Bu tilni na aqli bo‘lmasa na ongi bo‘lmasa. Shu holat meni anchagina hayratga soldi. Bu mo‘’jizani barcha ko‘zguga qarab “Alloh” deb tiliga etibor berib qarasa, o‘zi amin bo‘ladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Juda yaxshi gap. Xuddi shu holatni e’tibor bergan odam boshqa narsalarda ham mulohaza qiladi. Alloh taolo hammamizni hidoyatida sobitqadam qilsin!
26 Май 2022, 20:57 | Савол-жавоблар | 149 | Turli savollar