Gaz nasoslar

Muhtaram Ustoz Sizga gaz nososlardan foydalinish xaqida berilgan savolga "Mumkin emas" deya javob beribsiz. Javobingiz uchun raxmat Ustoz siz javob berib bo‘lgan bu savolga yana mijg‘ovlanib sizning qimmatli vaqtingizni olganimdan xijolatdaman. Shunday bo‘lsada yana sovol yo‘llashga joxilligim yuzasidan to‘g‘ri kelib qoldi ming bora uzr. Bu mumkun emasligi shar’iy jihatdanmi yoki yo‘qmi yaxshi bilmaganim uchun uyimizda va do‘stlarim so‘rashsa xam bilmayman deyman, lekin o‘zim uyimizga aslo qo‘ydirmayman. Bizni qarindoshimiz bitta korxonani boshlig‘i uning aytishicha, U erlik axoli xonadonlarini gaz tolovlarini amalga oshirmayotganligi uchun uzib qo‘yishibdi, qarindoshimizning korxonasini esa to‘lovlarni vaqtida bajarayotganligi uchun uzishmagan, u xam shu gaz nasoslardan foydalanadi, lekin komissiya kelsa olib qo‘yishar ekan . Uning shu gaplaridan so‘ng ularni topayotgan pullaridan xam shubxalanib qoldim. Ushbular sababli nasoslardan isinish uchun, non pishirib sotish va xokazo maqsadlar uchun foydalanishning hukmini Alloh rozisi uchun bizga bildirib joxilligimizni ketkazsangiz. !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 Mumkin emas.

26 Май 2022, 21:02 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar