Menga yordam bering bu ahvolda
Sizni aytganlarizni qilib boryapman, qilishga harakat qilayapman. Mening qishlog‘imda dinni "yoqtirmaydigan" g‘alati insonlar yashaydi. Islomga amal qilib, diniy ishlarni qila boshlasam hech kim yoqtirmaydi. Ular namoz o‘qiyotganimni bilishsa ko‘zlari kattalashib xunuk ahvolga tushib qolishadi. Qishlog‘imda ko‘p ishlar shariatga xilof qilinadi. Bu erda qolib bo‘lmaydi. Har qadamda yoki biror urf-odatda uyog‘idan chiqsang, uchi yoki oxiri borib shirkka etaklaydi. Ko‘pchilik aroq ichadi, agar to‘ylarda xotin kishi aroq ichsa quvonib qarashadi. Meni namoz o‘qishimni qarindoshlarim ko‘rib, bu erdagi yoki o‘zlari tanigan "dinli" kishilardan "shu to‘g‘rimi, qizimiz shunday qilayapti" deb savol berishadi. Eng qizig‘i ular "bunaqa emas, namozni ikki mahal, yoki xohlagan vaqtida o‘qisa bo‘ladi. Ishi chiqib qolsa yoki mehmondorchilikka borsa o‘qimasa ham bo‘ladi deyishmoqda. (joiz bo‘lsa urib o‘ldirardim). Bir kishi aniq oldimda "ikki mahal o‘qi, ko‘chada sochingni yoyib, yasanib o‘ynab kulib yuraver" dedi. Qarindoshlarim menga "paloncha mulla, paloncha namoz o‘qidi ammo to‘ylarda sochini chiroyli qilib, aroq ichadi, qaqqillab gapni uradi. Nega sen qilgan ishni hech kim qilmaydi. Sen xato qilasan, mana bunday qilish kerak " deyishmoqda. Yana sal gapirsam "nima biz xato qilyapmizmi, odamlar nima ish qiladi sen bilmaysanda, senam qilaver" deyishmoqda. Ota-onam dinga qarshi bo‘lganda qidirib dinli kishilardan yordam so‘radim. Ular "namozga ruxsat olib beramiz, sen ota-onangni aytganini qilib yuraver" deyishdi. Ammo, agar men "ota-onam namozga qo‘ymadi, o‘qimay qo‘ydim"(Alloh asrasin) desam, ular hech narsa qilisha olmaydi. Ya’ni kulsam kuladi, afsus cheksam afsus chekadi xolos. Ammo men dinimdan ayrilib qolishdan qo‘rqaman. Bu erda bunday ahvolda qolib bo‘lmaydi. Men UVD xodimlariga murojaat qildim, ular otamni namozga ko‘ndirdi, ammo menga dinga da’vat qilish va namozni o‘rgatishim mumkin emasligini aytishdi. Bu degani men ishlarimni hech kimga tushintira olmayman, oxirida dinga kirila deb quyishim mumkin. Yana bu erdagilar dindan gapirsam "bizga unday dedi, bunday dedi" deb haryoqqa gap tarqatadi. Ota - onam umuman dinni yoqtirmaydi. Hazrat men " senga pulni, ovqatni Alloh beradi ishlamasang ham tepaga qarab o‘tir unda. Ovqatimdan ema" degan gaplarni eshitmoqdaman. Bularni yozishimdan maqsad dinimni yuqotishdan qo‘rqaman, ertaga kofir erkakka turmushga chiqsam hamma quvonadi. Ammo qabrchi? Bular ziyon berishidan qo‘rqmoqdaman, men o‘tgan hayotim uchun tavba qilishni istayman. Hazrat uydan ketishimga ruxsat bering, bunaqa ahvolda yashagandan ko‘chada uyma-uy yurganim yaxshi. In shaa Alloh dinli kishilarni ko‘rib tanisharman. Otam "sen hechkim qilmagan ishni qilasan o‘lganing yaxshi " deyapti. Shunda uydan ketishga ruxsatmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sabr qiling, savob olasiz. Alloh sizga ulkan saodatni ato qilibdi.
26 Май 2022, 21:06 | Савол-жавоблар | 145 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sabr qiling, savob olasiz. Alloh sizga ulkan saodatni ato qilibdi.
26 Май 2022, 21:06 | Савол-жавоблар | 145 | Turli savollar