Otamga bemehrman maslahat beringlar
Assalomu alaykum! Men otasiz katta bo‘lganman. Otam onamni 5 ta farzandi bilan tashlab ketgan. Onam bizni yolg‘izlikda katta qilganlar. Otam lekin aliment to‘laganlar, onam olamdan o‘tganlar, lekin otamdan xecham xabar olmayman. Yoshligimdan xam ko‘p ko‘rgan bo‘lsamda ularni boshqa oilalari bor, lekin ular bilan xam yashamaydilar. Men nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Otangizga yaxshilik va u kishi bilan bordi-keldi qiling. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar duolarini olishga harakat qiling. Siz uchun ular duosi ijobat bo‘ladigan shaxs hisoblanadi. Alloh taolo “Isro” surasida marhamat qiladi: وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا 24. Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni pastlat va: «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin», – deb ayt.
Farzand ota-onaning huzurida o‘zini qanchalik xokisor tutsa, shunchalik yaxshi. U butun mehrini xokisorlik ila ota-onasiga poyandoz qilsa ham oz. Shu bilan birga, doimo ularga Alloh taolodan rahm-shafqat tilab, duo qilib turishi lozim.
Ota-onani hurmatlash, e’zozlash masalasida hech bir tuzum yoki tarbiya vositasi Islomga teng ham, yaqin ham kela olmaydi. Ota-onaning hurmati, farzand ustidagi haqqi to‘g‘risidagi oyatlar va hadislar bu borada dunyo tarixida misli ko‘rilmagan oliymaqom narsalar ekani ma’lum va mashhurdir. Xususan, bu oyat va hadislarni, ilohiy ko‘rsatmalar va islomiy hikmatlarni hayotga tatbiq qilgan musulmonlarning ota-onalariga ko‘rsatgan yuksak ehtiromlari va fidoyiliklariga tarix shohiddir.
Hofiz Abu Bakr Bazzor Burayda roziyallohu anhudan, u kishi o‘z otalaridan qilgan rivoyatda quyidagilar keltiriladi:
«Bir odam ziyoratda onasini ko‘tarib yurib, tavof qildirayotgan ekan. U Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan:
– Onamning haqqini ado qildimmi? – deb so‘rabdi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
– Yo‘q, bir oh tortishining haqqini ham ado qilganing yo‘q, – degan ekanlar».
“Luqmon” surasida: وَوَصَّيْنَا الْإِنسَانَ بِوَالِدَيْهِ حَمَلَتْهُ أُمُّهُ وَهْنًا عَلَى وَهْنٍ وَفِصَالُهُ فِي عَامَيْنِ أَنِ اشْكُرْ لِي وَلِوَالِدَيْكَ إِلَيَّ الْمَصِيرُ 14. Insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik: onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko‘tardi; uni sutdan ajratish ikki yildadir. Menga va ota-onangga shukr qilgin. Va qaytish faqat Mengadir.
Qur’oni Karimda farzandlarga ota-onani hurmat qilish, ularni e’zozlash haqida qayta-qayta nasihat beriladi. Chunki ota-onaning haqqini Islom yuqori qo‘yadi. Bu mavzudagi oyatlar o‘rni bilan o‘rganildi va yana o‘rganiladi. Ushbu oyatda esa ota-onani hurmat qilish har bir farzand uchun Allohning amri ekani bayon etilmoqda.
«Insonga ota-onasi haqida tavsiya qildik...»
Tavsiya, ko‘pchilik tushunganidek, ixtiyoriy ish emas. Balki Allohning amridir. O‘sha amr nimadan iborat ekanini aytishdan oldin ota-onani hurmat qilishning sababi aytib o‘tiladi.
«…onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan ko‘tardi».
Ya’ni homiladorlik paytida onasi uni qornida zaifhol bo‘lib ko‘taradi. Borgan sari zaiflik ustiga zaiflik ortib boradi. Bu hol bola tug‘ilgunicha davom etadi.
«Uni sutdan ajratish ikki yildadir».
Ya’ni qornida zaiflik ustiga zaiflik bilan ko‘targan ona bolasini keyin yana ikki yil davomida emizadi.
Ulamolarimiz shar’iy emizish muddati ikki yil ekani haqidagi hukmni shu jumladan olganlar. Bola ikki yoshga etgunicha biror ayolni emsa, sut orqali nasab sobit bo‘ladi. Hamda o‘sha emizishga bog‘liq hukmlar joriy qilinadi. Misol uchun, uni emizgan ayol unga sut ona, uning eri ota, bolalari aka-uka, opa-singil bo‘ladilar. Mahramlik va nikoh masalalaridagi hukmlar ham shunga muvofiq kuchga kiradi.
Xullas, ona ham homiladorlik davrida, ham emizish davrida bola tufayli katta qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazadi. Shuning uchun ham farzandda onaning haqqi otanikidan ko‘p bo‘ladi.
Oyatning davomida tavsiyaning nimadan iborat ekani aytiladi:
«Menga va ota-onaga shukr qilgin».
Ey inson farzandi, avvalo, Menga – yaratgan Robbingga, keyin ota-onangga – sening dunyoga kelishingga sabab bo‘lgan zotlarga shukr qilgin. Bu ishlar sening eng oliy burchingdir.
«Va qaytish faqat Mengadir».
Bilib qo‘y, ana o‘sha qaytish voqe’ bo‘lganida, bu haqda O‘zim hisob-kitob qilaman. وَإِن جَاهَدَاكَ عَلى أَن تُشْرِكَ بِي مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَا وَصَاحِبْهُمَا فِي الدُّنْيَا مَعْرُوفًا وَاتَّبِعْ سَبِيلَ مَنْ أَنَابَ إِلَيَّ ثُمَّ إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ 15. Agar ikkovlari seni o‘zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zo‘rlasalar, bas, ularga itoat etma! Va bu dunyoda ikkovlari suhbatini yaxshi qil hamda Menga yo‘nalganlarning yo‘liga ergash. So‘ngra qaytishingiz faqat Mengadir. Bas, sizga nima amal qilganingizning xabarini berurman.
Ha, ota-onaning farzanddagi haqqi ko‘p. Farzandlari ularni har qancha e’zozlasa, ularga har qancha shukr qilsa, itoat etsa, oz. Ammo Alloh taoloning haqqi undan ham yuqori. Chunki ota-ona farzandning dunyoga kelishiga, unib-o‘sishiga sababchi bo‘lsalar, Alloh taolo haqiqiy yaratuvchi va rizq beruvchidir. Shuning uchun Alloh taoloning haqqi ota-onaning haqqidan ustundir. Bu oyatda ana shu haqiqat bayon etilmoqda.
«Agar ikkovlari seni o‘zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zo‘rlasalar, bas, ularga itoat etma!»
Agar ota-ona o‘z qadrini o‘zi tushirsa, ota-onalik burchini ado etish, Luqmoni Hakim kabi, bolasini shirkdan qaytarish o‘rniga, uni noma’lum narsani Alloh taologa shirk keltirishga zo‘rlasalar, noto‘g‘ri qiladilar. Bu holatda farzand ularga itoat etmaydi. Bu masalada ota-onaga itoat etilmaganidan keyin, ulardan boshqasiga itoat etmaslik turgan gap. Mo‘min-musulmon kimsa nafaqat Allohga shirk keltirishda, balki, umuman, U Zotga nisbatan ma’siyat ishlarda hech kimga itoat etmaydi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Xoliqqa ma’siyat bo‘ladigan ishda maxluqqa itoat etilmas», – deganlar.
Lekin bu degani, boshqa e’tiqodda bo‘lgani uchun ota-onangdan butunlay voz kech, degani emas.
«Va bu dunyoda ikkovlari suhbatini yaxshi qil...»
Musulmon farzand kofir ota-onasiga e’tiqod, dinu diyonat masalasida itoat etmagani bilan, ularga shirin muomalada bo‘ladi, dunyoviy ehtiyojlarini qondiradi. Ushbu oyati karimalar nozil bo‘lmagan vaqtlarda Nabiy sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Abu Vaqqos, Sa’d ibn Molik kabi ota-onasi mushrik bo‘lgan sahobiylarga ota-onalarini hurmat etishni, ularga yaxshilik qilishni buyurganlar.
«...hamda Menga yo‘nalganlarning yo‘liga ergash».
Ya’ni «Mening yo‘limni tutgan mo‘min-musulmonlarning izidan yur».
«So‘ngra qaytishingiz faqat Mengadir».
Mendan boshqaga emas. Qiyomatda hammangiz menga qaytasiz.
«Bas, sizga nima amal qilganingizning xabarini berurman».
Va har kim qilgan yaxshi amaliga yarasha mukofot, noshukr bo‘lganlar nonko‘rligiga yarasha jazolarini oladilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 20:14 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar