quyidagi holda qarz bersam riboga aralashgan bo‘lamanmi?
Riboho‘rlar ukamni boshini aylantirib pul berishgan. Ukam endi ulardan qutilish uchun hammadan qarz so‘rayapdi. Bunday holda ukamga qarz bersam riboga aralashgan bo‘lamanmi yoki yo’q? Bu yog‘ini o‘qish shart emas. To‘liq vaziyat tushuntirsam: Xozir(2013 yil, avgust) davlat Xorazm viliyatida mashina olishimiz uchun eshiklarni ochib qo‘ygan. Lekin mashina soni cheklangan shekilli, odamlar mashinaga navbatga turishni ham olib sotayapdi. O‘z nomiga davlatdan mashina olib odamlarga sotadigan riboho‘rlar ukamga quyidagi taklifni kiritishgan: Mashina jami narhi 27mln 937ming 400 so‘m. 85% qismi 23 750 000 so‘mni hozir to‘lov qilish kerak. Qolgan 15% - 4mln 200ming so‘m 6 oydan so‘ng qilinadi. 20 milion so‘mni 1 oyga 20 milion 700ming so‘m qilib qaytarasan. Mashina bizni nomimizda turadi. Sen hozir shapka(navbat) uchun 800ming va mashina uchun 3mln 750ming so‘m berasan. Agar 1 oyda pulimizni ortig‘i(700ming so‘mi) bilan qaytarmasang mashina sotilgach qilgan harajarlaring 4 550 000 so‘mni qaytarib beramiz. Va mashinani boshqaga qimmatroq narhda sotib sendan foyda ko‘ra olmagan pulni chiqarib qilamiz. Ukamdan, "Nega bunday qilding? ", - desam, "Tanish bilish odamlarimdan qarz so‘rasam 10mln yig‘aman, onam esa 10mln bermoqchi. " - dedi. Fikrim: Ukam tarafdan guvoh yo’q. 3 odam ukamni boshini konkret buzishgan. Ukam bilan birga ishlaydigan odamni tog‘asi ekan(o‘sha mashenniklar). Baland baland gaplardan gapirishar ekan: "Bugun 1 moshina sotdik. Yana 20 mln bankda naqd turibdi. Yana 1 moshina olmoqchi edik ish pishib turganda 1 odam shartnoma qilmadi, o‘rniga ishonchli tanish odam bo‘lsa foyda qilamiz". Firibgarlar nima qilib bo‘lsada vaziyatdan foyda ko‘rmoqchi. 1 o‘q bilan 3-4 quyon urmoqchi. 1) Firibgarlarni o‘zini puli mashinaga etmagan. Demak aslida daromaddan quruq qolib ketadi. 2) Qarz esa ularga hech kim bermaydi(ukam kabilardan boshqa). 3) Va ular ukamga 4 550 000 so‘m uchun ulush ham bermoqchi emas. 4) Vaqtni cho‘zib yana boshqa ish qilib pulni qaytarmasligi ham mumkin. Hali moshinani 15% - 4mln 200ming so‘mi va yangi moshina 300 kilometr yurgach (disk, balon, gaz balon, gaz, antifriz, aptol, prava kabi narsalar uchun) 3mln so‘m, jami 7mlndan ortiq pul kerak ekan. Agar mashinani arendaga bersa 1 kun uchun 30ming so‘m emish. Agar to‘xtovsiz kuniga 30ming sof foyda kelsa, qilingan harajatlar 3 yilu 3 oyda qoplanar ekan. Demak 3-4 yildan so‘ng mashina o‘z harajatlarini qoplashi mumkin. Lekin ishga ribo aralashgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sarmoya hisobidan bersangiz bo‘ladi.
26 Май 2022, 21:51 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sarmoya hisobidan bersangiz bo‘ladi.
26 Май 2022, 21:51 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar