Miskin
muxtaram Shayx hazratlari. Miskin deb kimni aytiladi, ya’ni miskinning shar’iy me’zonlari bormi. Bugungi zamonamizda kimlarni miskin desak bo‘ladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buni bayon qilinganiga ko‘p bo‘lgan. Kitob o‘qimaganingiz uchun bilmaysiz va mening vaqtimni isrof qilasiz. O‘zim bir necha yillar oldin yozgan narsani o‘zim izlab sizga topib berishim kerak bo‘ladi. Siz esa o‘zingiz uchun kerak bo‘lgan narsani topib o‘qishga erinasiz. Abu hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar atrofida aylanib bir luqma, ikki luqma yoki bir xurmo, ikki xurmo olib qaytadigan miskin emas. Lekin miskin o‘zini behojat qiladigan boylik topa olmagan, unga e’tibor berilib sadaqa qilinmaydigan, o‘zi turib odamlardan so‘ramaydigan kishidir», dedilar». Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan. Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam musulmon kishi noiloj holda miskinlikka uchrab qolganida ham o‘zini qanday tutishi lozimligini bayon qilmoqdalar. Aslida musulmon odam miskin, faqir-kambag‘al bo‘lishi kerak emas. Qo‘lidan kelgan barcha halol imkoniyatlarni ishga solib, o‘zini o‘zi ta’minlab farovon turmush kechirishga intilishi lozim. Bu musulmonga farz. Ammo dunyo bir xil turmaydi, turli hodisalar ro‘y beradi, inson xohlagan narsa bo‘lavermaydi. Ana shu sababga ko‘ra tang holatga tushib qolgan musulmon ham o‘zini bardam tutishi kerak. Odamlar uning bu holini bilib qolmasligi kerak. Darhol birovlardan yordam, sadaqa so‘rashga shoshilish yaxshi emas. O‘zini ana shundoq tutgan odam miskin bo‘ladi. Boshqa musulmonlar ularni qidirib topishlari, zakotga haqdor sanab, haqlarini topshirishlari lozim. Odamlardan xiralik ila narsa so‘rab yurish, bir-ikki luqma uchun ham tilanishdan qaytmaslik tilanchining ishi. Tilanchilik esa, musulmonlikda qoralangandir. Tilanchi shu yo‘l bilan hojatini chiqarsa, miskin o‘zi so‘ramagani uchun kishilar uning holidan xabardor bo‘lib turadilar. hanafiy mazhabi ta’rifida, miskin hech narsasi yo‘q, faqir esa ba’zi narsalari bor-u, lekin moli shar’iy nisobga etmagan odamdir. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, zakot berishi vojib bo‘lmagan odamdir.
26 Май 2022, 22:07 | Савол-жавоблар | 201 | Zakot