Namozda hayajondan ko‘zni yumishlik haqida

Namoz paytida ko‘zni yumish yaxshi emasligini o‘qigandim. Men ba’zida imom kelmasa, masjidda imomlikka o‘tib turaman. Maxfiy namozlardamasku, lekin jahriy o‘qiladigan namozlarda hayajonda qiroatta yanglishmasligim uchun ko‘zimni yumib olaman. Bir-ikki ko‘zimni ochib o‘qishga harakat qildim, lekin yanglishib ketdim. Shu sababdan sizga quyidagi savollar bilan murojaat etishga ruxsat bersangiz: 1) Meni holatimdagi holatda ko‘zni yumishga istisno holatlar bormi? 2) Agar istisno holatlar bo‘lmasa, bu jamoatning savobini kamayishiga olib kelmaydimi? 3) Jamoatning oldida hayajondan qutulish uchun qanday yo‘llar bor?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Yo‘q. 2. Olib keladi. 3. Asta sekin o‘rganish kerak. Avval oila a’zolari, keyin yaqinlarga namozga o‘tish kerak. Keyin kichikroq jamoatlarga va hokazo.

26 Май 2022, 17:41 | Савол-жавоблар | 194 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar