Boin taloqdan so‘ng uch taloq tushadimi?

Xotin g‘azabnok vaqtida bir ayol: “Bu narsalarni mana eringiz bilan kelishib oling” deb aytdi. Xotin esa “Bu mening erim emas” deb aytdi. Shunda g‘azabnok er orligi kelib: “Taloqsan, bir talaqsan” deb aytdi. Qo‘shimcha o‘rnida, shu vaqtga qadar er-xotin farzand ko‘rishgandi. Farzandlari 140 kunlik bo‘lgan. Ayol nifosidan so‘ng 100 kun ya’ni to‘liq 3 oyi 10 kun o‘tgan edi. Shu vaqt oralig‘ida er-xotin orasida jinsiy yaqinlik bo‘lmagandi. Ma’lum muddat birga yashamagan ham, ayol onasinikida, opasinikida yashagan… Yo‘lda erkak ayolga g‘azabnok bo‘lmagin, bo‘lmasa “Yanayam yaxshi javobingni ham olasan. Jahlimni chiqarmagin” deb tushuntirishga harakat qildi. 5-10 minutdan so‘ng erkakka ayol tomondan telefon qilishdi. Ayolning g‘azabi esa bosilmay g‘azabi kuchayib gapira ketdi. Erkak ham juda g‘azabnokda orligi kelib ayolga qarab “Uch taloqsan, uch taloq” dedi. Ayol narsalarini olib ketgan… Savolim shundan iboratki, avval aytilgan “Taloqsan, bir taloqsan” sarih lafsdan so‘ng boin(yengil) taloq tushganmi? Ular o‘rtasida farzand ko‘rganlaridan so‘ng jinsiy yaqin bo‘lmagan. Nifosdan so‘ng esa 100 kun o‘tgan. Yanglishmasam, iddasi chiqqanligi bois… Yoki 10-15 minutdan keyingi uch taloq taloq tushganmi? Muborak ro‘za oylarida vaqtingizni ajratganingiz uchun rahmat. Javobingiz uchun tashakkur. Alloh ahli Islom uchun qilgan, qilayotgan va qilmoqchi bo‘lgan ishlaringizni ajri savobini ziyoda qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Idda chiqqanidan keyin qilingan taloq tushmaydi.

26 Май 2022, 22:18 | Савол-жавоблар | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar