Qur’onni qismlarga bo‘lib yodlash

hurmatli Shayx hazratlari. Bir masala yuzasidan maslahatingizni so‘rab savol yo‘llamoqdaman. Hozirgi kunda taroveh namozlarini ado etyapmiz. Bizning masjidda Qur’oni Karimni to‘liq yodlagan qorilar bo‘lmaganligi sababli "Fil" surasidan boshlab keyingi suralarni ikki martadan takrorlab qiroat qilinyapti. Jamoatda tajvidni yaxshi biladigan kishilar bilan maslahatlashib va o‘zaro kelishuv asosida kelgusi yil Ramazon oyigacha ma’lum kishilar Qur’oni Karimni qism-qism tarzida yodlash mas’uliyatini bo‘ynimizga olsak, so‘ngra uning qanchalik to‘g‘ri yodlanganligini qori kishilardan ruxsatini olsak va Ramazon oyida taroveh namozlarida o‘sha kishilar navbati bilan imomlikka o‘tib berishsa degan fikr xayolimga keldi. Buning natijasida shunga bog‘liq bo‘lgan boshqa ilmlarni ham o‘rganishga sabab bo‘linadi. Qolaversa yildan-yilga har kim endi boshqa suralarni ham yodlashga kirishishligi natijasida Qur’oni Karimni ancha qismini yodlash mumkin bo‘ladi. Bu ishda hech qanday salbiy oqibatlar bo‘lmaydimi, yoki uni boshqacha tarzda amalga oshirish kerakmi? Alloh Taolo biz musulmonlar uchun qilayotgan xizmatlaringizga ajr-mukofotlarini ziyoda qilib berishini duo qilib qolamiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Taklif to‘g‘ri.

26 Май 2022, 22:21 | Савол-жавоблар | 177 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar