Nomusulmon otadan qolgan meros

Sizni avvalambor kirib kelgan Muborak ramazon oyi tabriklayman. Bir muhim masala yuzasidan sizdan javob olmoqchi edim ruhsat bersangiz. Bir do‘stimning Rossiyada yashovchi Islomni yaqinda qabul qilgan bir muslima tanishi bor. O‘sha qiz bir savolimga javob topib bera olmaysizlarmi deb iltimos, qilgandi. Hullas ushbu qizning ota onasi ajrashib ketishgan edi. Hozirda qiz xali turmushga chiqmagan, onasi hamda buvisi, yani onasinig onasi bilan yashaydilar. Oilada faqat o‘zi Islomga amal qiladi. Otasi esa o‘tgan yili avgust oyida vafot etgan. Ayni vaqtda o‘sha otasidan qolgan mol mulkni taqsimlash buyicha sud jarayonlari ketayotgan ekan. Ushbu vafot etgan otaning shu qizdan boshqa farzandi yo‘q ekan. Va hozirda u erning qonunchiligiga ko‘ra ushbu qiz asosiy merosxo‘r bo‘lib turibdi. Bundan tashqari o‘sha merosga ota tarafdan, amakisi va buvisi( yani o‘lgan otaning onasi) ham da’vo qilishyapti. Aniqrog‘i, ular “merosdan voz kechgin, va agar voz kechsang sizlarga pul beramiz” deyishayotgan ekan. Qiz agar merosdan voz kechay desa, u xolda qizning onasi xafa bo‘layotgan ekan. Buning ustiga qiz va onasi o‘zlari muxtoj axvolda ekan. Ota Islomda bo‘lmagan. Buvisi (o‘lgan otaning onasi) “Iegova shoxidlari” sektasiga e’tiqod qiladi. Savol shundan iboratki : “Qiz ushbu nomusulmon otasidan qolgan merosni olishi Shariat buyicha joizmi? Va agar merosni olishga Shariat bo‘yicha ruxsat yo‘q bo‘lsa, u xolda merosdan voz kechib, muxtojligi sababli ota taraf qarindoshlarining taklif etayotgan pullarini olsa bo‘ladimi ? ” Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Merosni olishga haqli.

26 Май 2022, 22:23 | Савол-жавоблар | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar