Ustozimni xafa qilib qo‘ydim

Menga boshlang‘ich diyniy bilimlardan dars bergan ustozim bilan bir necha yillardan so‘ng birga namoz o‘qishga to‘g‘ri keldi ustozim imom o‘tdilar lekin boshlarida do‘ppi yo‘q ekan. Mendan boshqa bir keksa ilmliroq kishi ham bor edi. U kishi qattiq norozi bo‘ldi. Men bir do‘ppi topib boshlariga kigizib qo‘ydim. Namozdan so‘ng bahs boshlandi. Ustozim -"do‘ppi kiyish shart emas, masalan hajda hech kim bosh kiyim kiymaydi, qolaversa do‘ppi ustida zardo‘shtiylar alomatlari bor dedilar". Boyagi keksa kishi bir necha yillar ilgari siz bilan uchrashgani va siz boshyalang namoz uquvchilarni tanqid qilganingizni aytdi. Men keksa kishining fikriga qo‘shildim. Shudan so‘ng ustozim mendan xafa bo‘lgani sezila boshladi. Keyinchalik hamma fikrlarimiz biri biriga to‘g‘ri kelmay qolyapti(ilgari biror fikrlariga qarshi chiqqan emas edim) Do‘ppi kiyish boshqa masala. Maslahat bersangiz ustozimni albatta menda haqlari bor men qanday yo‘l tutay?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Boshyalang namoz o‘qish makruh ekani barcha fiqh kitoblarida bor. Bunga hamma ittifoq qilgan. Ammo siz aytgandek janjal va ko‘ngilqoldi darajasiga bormaslik kerak. Ustozingiz bir oz ilm olsa o‘zi nohaq ekanini tushanib qoladi.

26 Май 2022, 22:24 | Савол-жавоблар | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar