Yil davomida uzluksiz ro‘za tutish

www. Islom. uz saytidagi maqolalardan birida ushbu ma’lumotlarga duch keldim: ". . . Yil davomida ro‘zador bo‘lish haqida Imom Muslim Abu Qatodadan ushbu hadisni rivoyat etganlar: «Darhaqiqat, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan «Bir kishi yil davomida muttasil ro‘za tutsa, qanday bo‘ladi? » deb so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro‘za ham tutmadi va ro‘zasiz ham bo‘lmadi», deb aytdilar». Bu – ro‘za ushlash men etilgan kunlarda ham uzluksiz yil bo‘yi ro‘za tutadiganlarga taalluqli. Ammo ikki hayit, tashriq va arafa kunlaridan tashqari yilning boshqa hamma kunlarida ro‘za ushlasa, hechqisi yo‘q. Hishom ibn Urvadan rivoyat etilishicha, u kishining otalari uzluksiz ro‘za tutardilar. Hazrat Oisha onamiz roziyallohu anho ham muttasil ro‘zador edilar. Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytdilar: «Abu Talxa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin uzluksiz qirq yil ro‘za tutdilar». . . " manba: https://Islom. uz/content/view/1537/197/ Demak, ikki hayit, tashriq va arafa kunlaridan tashqari yilning boshqa hamma kunlarida ro‘za tutsa joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Joiz. Lekin targ‘ib qilinmaydi. Bir kuni tutib, bir kun ochish tavsiya qilingan.

26 Май 2022, 22:27 | Савол-жавоблар | 153 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar