spirtli ichimliklar xaqida

assalomu alaykum xazrat. bizni savollarimizga qimmatli vaqtingizni ayamay javob berayotganligingiz uchun allox rozi bolsin, firdavs jannatlari bn mukofotlasin xazrat men onamni dokonlarida ishlayman u erda spirtli ichimliklar xam sotiladi. ozim namoz oqiyman ro‘za tutaman onamga spirtli ichimliklarni sotmayman, bu gunoh desam onam bu gunohu meni xafa qilsang gunohmasmi deb xafa bo‘ladilar meni savolim men spirtli ichimliklarni ushlab sotganimda tahoratim buzilmaydimi ro‘zam ochilmaydimi oldindan rahmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tahorat buzilmaydi, ro‘za ochilmaydi. Ammo gunoh bo‘ladi. Onaningiz Allohdan ustin emasligini bilsin! Alloh taolodan qo‘rqsin! Qanday qilib sizga bu so‘zni aytadi. Alloh taoloning aytgani turganda bir nobokor xotinning gunohga chorlashi qaerga boradi! Unga ayting tavba qilsin! Harom narsani sotib topgan puli boshiga ofatlar keltiradi!

26 Май 2022, 22:30 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar