Qasidaxonlar kimlar ?

Assalamu Alaykum! Ustoz bizning tug‘rimizdagi qo‘shnimizning (ayol) boshi va buyni og‘rib doktorlarda davolandi foyda bermay battar bo‘lib buynini boshini burishi ham qiyinlashib qolgandi. Bir kun bozorda xarid qilib yurganida bir sotuvchi unga sizni boshingiz va bo‘yningiz og‘ridi davolangansiz foyda bermayapti deb yana oilasidan bir nimani tug‘ri topib aytibdi keyn o‘zini Qasidaxonman deb tanishtiribdi, va polon kuni xo‘roz 11 ta non material oshga xarajat yana bir nimalar olib keling davoliman debdi endi o‘sha qo‘shnim bormoqchi, Ustoz qushnimning o‘sha Qasidaxonni oldiga borishi joizmi ? Men ishonmadim bunaqa narsalarga ayniqsa 11 ta non oshga xarajat deganidan keyn, uzr ustoz vaqtingizni olmaslik uchun keyngi savolimni ham bir yo‘la yozdim. Kasidaxonlar o‘zi kimlar ularga ishonsa bo‘ladimi shular xaqida malumot bersangiz iltimos, ? chunki hozirda kupchilik xar xil shunga uxshash narsalarga ishonib borib amal kib yurishibdi. . . Alloh taolo sizlardan va bizlardan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu gaplarning barchasi behuda. Qasidaxon degan gap Islomda yo‘q. Qo‘shningiz yaxshiroq tib xodimlariga ko‘rinsin.

26 Май 2022, 22:34 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar