Ayolim namozini o‘qiy olmadi

Ayolimni tug‘ish dardi boshlandi. So‘ng uni bemorxonaga olib bordim. Tabiblar(ayol tabiblar)uni tekshirib 3-4 soatdan so‘ng bolasi bo‘lishini aytib uni alohida xonaga olib ketishdi. So‘ng men juma namoziga ketdim. Kelganimdan so‘ng derazadan unga "peshin namozini" o‘qi dedim. U esa qiyin ahvolda edi. Dardni kuchliligidan gohida baqirardi. Men tayammum qilishini aytib qildirdim. Ammo namozni o‘qiy olmadi. Men iltimos qildim yurib bo‘lsa ham o‘qi deb, ammo baribir o‘qiy olmadi. Juda gazablandim. Qizcham asr namozidan oldin dunyoga keldi. Ustoz! Ayolim peshin namozini o‘qiy olmaganligi sababidan gunohkor bo‘ldimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qazo qilib o‘qiydi.

26 Май 2022, 22:36 | Савол-жавоблар | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar