bola emizish
assalomualeykum va rohmatullohi va barokatu aziz ustoz shayx Xazratlari bilamizki junub bo‘lgan ayollarga quron o‘qishi namoz o‘qishi va bazi shariy ibodatlar mumkin emas endi junub ayollarni bola emizishilari qanday bo‘ladi bunga ruhsat bor deyishadi va bazi aqliy dalil ham keltirishadi lekin shariatimizda haqiqatdan ham bunga ruhsat bo‘lsa qaysi oyat yoki hadisni hujjat qilishadi yoki qiyos qilinadimi iltimos hujjat dalil bilar tushintirib bersangiz Olloh rozi bo‘lsin assalomualeykum va rohmatullohi va barokatu
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariatimizda man qilinmagan narsa ruxsatli bo‘ladi. Junub ayol bolasini emizishi mumkin emas, degan gap yo‘q. Shuning o‘zi unday ayol bolasining emizishi mumkinligining yorqin dalilidir. Ikkinchidan, zarracha aqli bor odam bu ish joizligini aqli bilan ham topib olsa bo‘ladi. Yangi bola ko‘rgan ayol ba’zi holatlarda qirq kungacha nifos ko‘radi. O‘shanda namoz o‘qimaydi, ro‘za tutmaydi. Xo‘sh, qirq kungacha bolasini ham emizmasligi kerakmi?! Bu ishni biror kishi qilishi mumkin emas. Aqlga sig‘maydi.
20 Апрел 2022, 20:14 | Савол-жавоблар | 171 | Boshqa ibodatlar