Hukm chiqarish haqida
Muhtaram Ustoz! Oramizda ayrim yoshlar bilib bilmay xatoga yo‘l qo‘ymoqdalar: Ularning da`vo qilishlaricha, Sizning "Tafsiri hilol" va "Hadis va hayot" kitoblaringizdan foydalanib hukm chiqarishar emish. Biz Qur`on va hadisga amal qilishimiz kerak, degan vajh bilan. Ularga: "Yo`q, unday emas, "Kifoya" va "Zikr ahlidan so‘rang" kitoblaridan boshqasidan siz hukm chiqara olmaysiz", desak, Shayx hazratlari tap-tayyor qilib qo‘yibdiku, deydilar. Bu masalaga oydinlik kiritib bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hukm chiqarish katta va mujtahidlik darajasiga etgan olimlarning ishi. Biz esa, mazkur olimlarning ijtihodlari samarasi bo‘lgan kitoblardan foydalanishimiz kerak. Har kim o‘zicha hukm chiqaraverishga haqqi yo‘q. Mazkur kitoblar dinimizni o‘rganishimizga yordam beradi. Har kim uchun hukm chiqarish manbasi emas.
26 Май 2022, 22:52 | Савол-жавоблар | 163 | Turli savollar