Ishga kirish uchun tarjimai holni soxtalashtirish
Men hozir xorijdaman. Bu erda ahvol shunaqaki, biror ishga kirish uchun 3-5 yilcha bir sohada yaxshigina ishlagan bo‘lishi kerak. Lekin menda shuncha ish tajribasi yo‘q, ishga kirishim qiyin bo‘lib turibdi. Men yashayotgan mamlakatda, ayrim konsalting kompaniyalar o‘qishni bitirgan menga o‘xshagan bollarga 1-2 oy biror trening qilib (kasbga tayyorlab) keyin shu sohada 5-6 yil ish tajribasi bor qilib tarjimai holni yolg‘on ma’lumot bilan to‘ldirishadi. Ana undan keyin katta katta kompaniyalarga ishga topshirishadi. Ish topib ketsangiz, oyligingizdan xizmat haqi undiriladi. Bu etiketdan uzoq narsaku desam, menga aytishdiki (musulmonlar ham), juda ko‘pchilik odam shunaqa qilib tarjimai holni o‘zgartirgani uchun, ish bozori judayam raqobatli bo‘lib ketgan, haqqoniy tajribani ko‘rsatib ish topolmaysan deyishdi. Meni o‘ylantirgan narsa, shunaqa konsalting kompaniyalarga borsam, keyinchalik ish topsam halol bo‘ladimi yo‘qmi? Shunki, bir kompaniya bo‘lmasa, boshqasi albatta bilmay ishga olib qo‘yaveradi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yolog‘on ishlatish mumkin emas.
26 Май 2022, 22:53 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yolog‘on ishlatish mumkin emas.
26 Май 2022, 22:53 | Савол-жавоблар | 146 | Turli savollar