duo qilib yuzga surtish

Shayx hazratlari! sizga yana bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim. duo qilib keyin yuzga surtish to‘g‘rimi. Bu gal salladan farqli o‘laroq bidat masalasi bor shu yuzlariga surtganlar degan xadis zaif bu bidat deganlar o‘zlariga bir xadisni yani payg‘ambarimiz (s. V. V) o‘limlaridan oldin duo qilib qollarini tashlab yuborganlari va yuzga surtganlar degan xadis juda zaif deyishadi shu masalaga nima deysiz? Alloh taolo sidekolimdan rozi bolsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu masalani aytaverib, yozaverib charchab ketdik. Uni izlab topib, o‘qib olsangiz yaxshi bo‘lar edi. Men har bir odamga barcha masalalarni alohida-alohida topib berishim juda qiyin. Mana, bundan bir qancha vaqt oldin berilgan javoblardan biri: O‘sha odamlar ilmning, xususan, hadis ilmining ko‘chasidan ham o‘tmagan odamlar ekanlar. Bo‘lmasa, imomo Buxoriy, Abu Dovud va Termiziylar riovoyat qilgan hadislarni ishonchsiz dermidilar. Odatda, bu kabilar turli bemazhab firqalarga ergashganlar bo‘ladi. Ulardan hazir bo‘linglar! Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam duo qilayotib ikki qo‘llarini ko‘tardilar va men qo‘ltiqlari oqini ko‘rdim». Buxoriy rivoyat qilgan. Duoning odoblaridan biri ikki qo‘lni ko‘tarib duo qilishdir. Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Robbingiz hayoli va karimdir. U zot bandasi Unga ikki qo‘lini ko‘tarsa ularni bo‘sh qaytarishdan hayo qiladi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan. Bu hadisi sharif ham duoda ikki qo‘lni ko‘tarish kerakligiga dalildir. Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon duoda ikki qo‘llarini ko‘tarsalar ularni yuzlariga surtmasdan turib qaytarmas edilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan. Duoning odoblaridan biri ikki qo‘lni ko‘tarib duo qilgandan keyin qo‘llarni yuzga surtishlikdir.

26 Май 2022, 22:54 | Савол-жавоблар | 194 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar