Qanday qilib ?
Assalomu aleykum! Men yaqin insonimni qilgan ishiga javoban hatti harakatim bilan uni ko‘nglini og‘ritib qo‘ydim, u odam menga juda ham yaqin, endi u men bilan gaplashgisi ham kurishgisi ham kelmayapti. Shu voqeadan keyin mening huzur halovatim yo‘qoldi qancha uzur surasam ham foydasi bulmadi. meni bir yomon odatim bor qilgan munosabatiga qarab men ham javob qaytaraman keyin bulsa afsuslanib kechirim surayman. Ustoz menga to‘g‘ri yo‘lni kursating nima qilsam qandaq yo‘l tutsam keyin afsuslanarli bulmasin, yuqorida kunglini og‘ritib quygan yaqin insonim meni kechirishi uchun nima qilsam bo‘ladi. Savolim juda uzun bo‘lganligi uchun uzur so‘rayman!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shoshqoloqlik va tez achchiqlanishdan qutilish uchun harakat qiling. Buning uchun “Ruhiy tarbiya” kitobining ushbu mavzuga oid boblarini o‘qib, hayotga tatbiq qilishga urining. Xafa bo‘lgan odamni rozi qilishga harakat qiling. Ushbu maktubda yozgan gaplaringizni o‘sha odam bilan aloqada bo‘ladigan kiishlarga ham ayting. Ularni bu gaplarni unga etkazishiadi va u kishida siz haqingizda yaxshi fikr paydo bo‘ladi. Ikki masalada ham asosiy yordamni Alloh taolodan so‘rang. Duo qiling.
26 Май 2022, 22:55 | Савол-жавоблар | 185 | Turli savollar