Ushrni qanday ado etaman
Men issiqxonada pomidor etishtirdim. Bunday holda ushrning yarmi, ya’ni yigirmadan biri berilar ekan. Shuni qanday ado etaman, ya’ni mahsulot ko‘rinishidami yoki hamma mahsulotni sotib, jami tushgan pulning 20/1 qisminimi? Mahsulotni ulgurji sotaman, sotayotganimda haridorlar mahsulotni saralab olishadi va sarasiga qimmatroq va qolganiga arzonroq narhda pul to‘lashadi. Ana shu qolgan, ya’ni arzonroq narhda baholanadigan pomidorlar sarasidan faqat ko‘rinishida farq qiladi (sal xunukroq) qolgan jixatlari bir xil. Agar ushrni mahsulot ko‘rinishida berishim mumkin bo‘lsa, ana shu saralangandan qolgan pomidorlarimni bersam bo‘ladimi? Kimlarga beraman? Pomidor asosiy ozuqalardan emas, shuning uchun, mahalla-kuy, qo‘shnilarga, qarindoshlarga va muxtojroq deb bilgan insonlarimga tarqatsam ham bo‘ladimi. Tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Puldan ham, mahsulotdan ham joiz. Mahsulotdan bo‘lganda o‘rtachasidan beriladi. Ushrni zakotga haqdorlarga beriladi.
26 Май 2022, 23:04 | Савол-жавоблар | 161 | Zakot