Ilm olish uchun ta’lim kruditlaridan foydalanish

Men hozirda AQSh da muhojirman va bir vatandoshimiz bilan birga yashamoqdamiz. Ikkimizning boshimizda katta qarzimiz bor. Ikkimizning oilaviy ahvolimiz og‘irroq. Siz etgandan so‘ng ribo bilan tijorat boshlab, qarzlarimizdan qutulish niyatidan qaytdik. Allohga beadad shukurkim sizning tarqatayotgan ziyoyingiz ila to‘g‘ri yo‘lga tushib oldik. Ustoz, xonadoshim ikkimizham o‘z yurtimizda oliygohni bitirdik, lekin bu erda u ilmimiz bilan ishga joylashimiz murakkab , va buni ustiga qarzlarimizni uzishiz vaqti oz. Shu sabab bu erning oliygohida tahsil olib, yangitdan hayot boshlamoqchimiz. Ilm olib, halol mehnat etib qarzlarimizdan qutulmoqchimiz. Lekin o‘qishga to‘lash uchun mablag‘imiz yo‘q. Qiziqib ko‘rdim, Davlat Talim krediti berarkan, 10-15 yilga. Kredit o‘qish puli, yashash xarajatlarini qoplar ekan. Ustoz, qarzi bor odam nima qilib bo‘lsaham qarzini uzushi kerak, yani ish tanlamay deyishadi. Nima qilayin, yaxudlar uyini tozalab, kofirlarning halol bo‘lmagan restaranlarida ishlab qarzlarimizni uzmoqligimizga ko‘zimiz etmas. Va albatta O‘zbegim millatini o‘zimning ishlarim bilan erga ursam, o‘zimni kechirolmayman. Maslahat bering iltimos, Niyatim ilm, Maqsadim esa ilm olib, AQSh da yashab, mehnat qilayotgan vatandoshlarimizga Halol ish o‘rinlarini yaratish.  
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha erdagi islom tashkilotlaridan so‘rang. Ular sharoitni yaxshi bilishadi.

26 Май 2022, 23:05 | Савол-жавоблар | 177 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar