Jum’a namoziga bormaslik uzuri

Mening otam vrach bo‘lib ishlaydi, uning ish soati 14-00 gacha, jum’a namoziga bora olmayotibdilar, ishdan ruxsat so‘rab boring desam, "yugimda jaroxati ogir kasal kelib kolsa zulm bo‘ladi" deb aytmokdalar. Savolim shundan iboratki, otam uchun jum’a namozi urniga peshinni o‘qish joizmi, shu vaktda topgan puli harom bo‘lib kolmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 Bor imkonini ishga solib jumaga borishga harakat qilish kerak. Otangiz och qolsa qanchalik urinadigan bo‘lsa, namozga ham shunchalik uringanida ish hal bo‘lar edi. Agar o‘sha vaqtda u kishi qutqarishi kerak bo‘lgan bemor hozir tursa uzrli bo‘ladi. Ammo ehtimoli bor, o‘zi yo‘q narsa uzr bo‘lmaydi.

26 Май 2022, 23:15 | Савол-жавоблар | 142 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar