Tahorat qilishni o‘rganmoqchiman

Sizlarga beriladigan savolim men tahorat olishni bilmayman kanday urgansam bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tahorat borsaida ilmingizni oshirishni niyat qilib juda ham yaxshi ish qilibsiz. Tahorat borasida ilk o‘rganuvchilar uchun qo‘llanmalar borasida turli kitoblar chiqqan. Bunday kitoblarni O‘zbekiston hududidagi diniy kitoblar do‘konlaridan harid qilishingiz mumkin. Ushbu kitoblarning bir qanchasi internet tarmog‘ida elektron nushalarida ham tarqatilmoqda. Jumladan "Men ham namoz o‘qiyman" kitobining elektron nusxasini manabu erdan, android telefonlari uchun maxsus programmani esa mana bu manzildan topishingiz mumkin. Shuningdek Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Hadis va Hayot" kitobining Poklikka oid 4-juzini o‘qib ham bu haqda ko‘p ma’lumotlar olishingiz mumkin. Ushbu kitobning elektron nusxasini mana bu manzildan xarid qilishingiz mumkin.

26 Май 2022, 23:19 | Савол-жавоблар | 165 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar