Bu amal g‘iybat bo‘ladimi?

Mening bir do‘stim(Botir) uzoqda shaxarda o‘qiyapti. Men bilan boshqa bir do‘stim(Oxun) orasiga sovuqchilik tushib qoldi. Uzoqda o‘qiyatgan do‘stimga(ya’ni Botirga) Oxun bilan oramizga nega sovuqchilik tushgan sababini aytsam g‘iybat bo‘ladimi? Vaholanki Muhammad sollallohu alayhi va sallam:birodaringni u yo‘q paytida yomon gap bilan tilga olishing g‘iybatdir deganlar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oxunni yomonlasangiz, g‘iybat bo‘ladi.

26 Май 2022, 23:30 | Савол-жавоблар | 184 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar