Qarz oldi berdisida guvohlarning shartligi

Hammamizga ma’lumki Alloh Baqara surasining 282-oyatida: «Ey mo‘minlar, bir-birlaringiz bilan qarz muomalasini qilsangiz, yozib qo‘yinglar! Oralaringizda bir kotib adolat bilan yozsin! Hech bir kotib Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmiasin, albatta yozsin! Zimmasida qarzi bo‘lgan kishi yozdirsin — Parvardigori bo‘lmish Allohdan qo‘rqsin va u qarzdan biron narsa kamaytirib yozmasin! Agar zimmasida qarzi bo‘lgan kishi aqlsiz yo ojiz (yosh bola yo juda keksa) bo‘lsa, yoki (kar, soqovligi yo til bilmasligi sababli aytib turib) yozdirishga qodir bo‘lmasa, uning homiy vakili adolat bilan yozdirsin! Va sizlar rozi bo‘ladigan (adolatli) guvohlardan ikki erkak kishini, agar ikki erkak topilmasa, bir erkak va ikki ayolni — biri unutib adashsa, yana biri unga eslatadi— guvoh qilinglar! Guvohlar (guvohlik uchun) chaqirilganda bosh tortmasinlar! Xoh katta, xoh kichik qarz bo‘lsin, muddati kelgunicha yozib qo‘yishdan erinmanglar. Mana shu Alloh nazdida adolatliroq, guvohlik uchun to‘g‘riroq va shak-shubha qilmaslikka yaqinroq bo‘lgan (hukmdir). Lekin agar (o‘rtadagi muomalangiz) oralaringizda yurgizib turgan naqd savdo bo‘lsa, uni yozmasangiz-da, sizlar uchun gunoh yo‘qdir. Va bir-biringiz bilan savdo qilganda guvoh keltiring! Va na kotib, na guvohga zarar etmasin. Agar shunday qilsangiz (ya’ni ulardan birontasiga zarar etkazsangiz), bu Allohga itoatsizligingizdir. Allohdan qo‘rqingiz! Alloh sizlarga (haq-hidoyat yo‘lini) bildiradi. Alloh hamma narsani bilguvchidir. »degan. Savol:Qarz beryatganda guvoh hammaga bo‘lishi kerakmi yoki faqat aqlsiz yo ojiz (yosh bola yo juda keksa) odamlarga bo‘lsa bo‘laveradimi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hammaga bo‘lgani yaxshi.

26 Май 2022, 23:30 | Савол-жавоблар | 141 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar