Namozda xushu’ga erishish yo‘li

men namoz ukiyotganimda shunchalik urinsamam xush’u bilan namoz o‘qishim juda kiyin bulyapdi fikrim chalgiyveradi. Men judaham xoxlardim xush’u xuzu bilan namoz o‘qishni eplolmayapman sizdan iltimos, yordam Bering nima kilsam bunday yuksak makomda namoz ukiyman 
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kitob o‘qimaganingiz va ushbu saytdagi mahlumotlar bilan tanshimaganingiz uchun shunday bo‘lgan. Bu haqda kitob chiqqaniga va ushbu saytga yozilganiga bir necha yillar bo‘ldi. Siz bo‘lsangiz buni savol qilib so‘rab yuribsiz. Sizning dangasaligingiz menga qimmatga tushadi. Zarur ishlarimni qo‘yib, o‘zim bir necha yillar oldin narsalarni sizga topib berishga majbur bo‘laman. Chunki siz o‘zingiz topishga urinmaysiz. Namozda qiroat, zikr, munojot va amallar bor. Agar qalb hozirligi bo‘lmasa, qiroat, zikr va munojotlardan ko‘zlangan maqsad hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, qalb hozirligi namozning hayoti va ichki odoblaridan biri deyilgan. Qalb hozirligi deganda qalbning mashg‘ul bo‘lib turgan narsasidan forig‘ bo‘lishi anglanadi. Namoz o‘qib turgan kishining qalbida namozdan boshqa narsa bo‘lmasa, qalb hozirligi bo‘ladi. Qalbning hozir bo‘lishi himmatga bog‘liqdir. Kishi biror ishni muhim deb bilsa va unga kerakli ahamiyat bersa, qalbi o‘sha ish uchun hozir bo‘ladi. Namozda qalb hozir bo‘lishi uchun barcha ahamiyat va himmatni namozga qaratish lozim bo‘ladi. Oxiratga iymonning kuchli yoki kuchsizligiga qarab, himmat ham kuchli yoki kuchsiz bo‘ladi. Namozda qalbi hozir bo‘lmagan odam iymoni kuchsizligini bilsin va uni kuchli qilish harakatida bo‘lsin. NAMOZDA QALB HOZIR BO‘LIShI OMILLARI 1. Talaffuz qilinayotgan kalomni fahm-lash qalb hozir bo‘lishiga xizmat qiladigan omillardan biridir. Arab tilini bilmaydiganlar matsnolarini o‘zlashtirib olishlari lozim. Unga ham qodir bo‘lmaganlari, eng oz deganda umumiy matsnoni bilib talaffuz qilayotgan narsaning nima ekanligini imkoni boricha bilib tursalar, yaxshi bo‘ladi. Buning uchun zehnni jamlab, xayolni olib qochadigan narsalardan uzilish kerak bo‘ladi. Xayolni olib qochadigan narsalar esa, tashqi va ichkiga bo‘linadi. Tashqisi quloq va ko‘zni mashg‘ul qiladigan narsalardir. Bu narsalardan uzilish qiblaga yaqin turish, sajda qiladigan eriga nazar solib turish, naqshinkor joylardan chetlanish va xayolini olib qochadigan narsalarni yo‘qotish bilan bo‘ladi. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam alomatlari bor xomiysada namoz o‘qidilar va: «Buning belgilari meni mashg‘ul qilib qo‘ydi. Uni Abu Jahmga olib borib beringlar va menga uning anbijoniyayatini olib kelinglar», dedilar». Uchovlari rivoyat qilishgan. Xayolni olib qochadigan ichki narsalar tashqilaridan ko‘ra kuchli bo‘ladi. Bu narsa ko‘pincha dunyoning g‘amiga botgan odamlarda bo‘ladi. Bunday odamning fikri bir erda turmaydi. Agar ko‘zini yumib olsa ham foyda bermaydi. Bu holatni muolaja qilish uchun qattiq urinish kerak bo‘ladi. Namozga yaxshilab tayyorgarlik ko‘radi. Barcha mashg‘ul qiladigan ishlarini bitiradi. Qalbining xoli bo‘lishi uchun harakat qiladi. O‘ziga o‘zi oxiratni eslatadi. Alloh taoloning ko‘rib turganini esga oladi. Namozda dunyo tashvishlaridan birortasini xayoliga keltirmaslikka harakat qiladi. Omir ibn Abdu Qays rahmatullohi alayhdan: namoz paytida nafsing senga bu dunyo ishlaridan birortasini aytadimi, deb so‘ralganda, bundan ko‘ra badanimning turli tarafidan nayza kirib ichimda to‘qnashgani yaxshiroq, deb javob bergan. Albatta, dunyo muhabbatini qalbdan uzib qo‘yish qiyin ish. Uni butunlay yo‘qotish undan ham qiyin. Ammo imkoni boricha namozda dunyo muhabbatidan chetlanishga harakat qilish kerak. 2. Allohning tatszimi va haybati ham qalb hozir bo‘lishiga xizmat qiladigan omillardandir. Allohning tatszimi U zotni ulug‘lashni va azamatini his qilishni o‘rganish ila bo‘ladi. Shu bilan birga, nafsning hech narsaga arzimasligini tanish bilan bo‘ladi. Haybat esa, ulug‘lashdan kelib chiqqan xavfdir. Namozida doimiy ravishda Allohning azamatini his etib, U zotning haybatini sezib turgan odamning qalbi hozir bo‘ladi. 3. Umidvorlik ham qalb hozir bo‘lishiga xizmat qiladigan omillardandir. Odatda umidvorlik qo‘rquvdan ustun turadigan holat bo‘ladi. Namozxon odam o‘qigan namozining savobidan umidvor bo‘lishi lozim. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, ummatim qiyomat kuni tahoratning asaridan peshonalari oppoq va oyoq-qo‘llaridan nur taralib turgan hollarida chaqirilurlar. Bas, sizdan kim o‘z peshonasidagi qashqasini uzaytirishga qodir bo‘lsa, shuni qilsin», dedilar». Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan. Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Vaqtiki, musulmon yoki mo‘min banda tahorat qilsa, bas, u yuzini yuvganda o‘sha suv yoki o‘sha suvning oxirgi qatrasi ila uning ikki ko‘zining nazari orqa-li qilgan xatolari yuzidan to‘kiladi. Vaqtiki, ikki qo‘lini yuvsa, o‘sha suv yoki o‘sha suvning oxirgi qatrasi ila uning ikki qo‘li bilan qilgan xatolari to‘kiladi. Vaqtiki, ikki oyog‘ini yuvsa, o‘sha suv yoki o‘sha suvning oxirgi qatrasi ila ikki oyog‘i bilan yurib qilgan xatolari to‘kiladi. Shundoq qilib, u gunohlardan pok bo‘lib chiqadi», dedilar». Muslim va Termiziy rivoyat qilishgan. Tahorat Alloh taoloning musulmon bandalariga ko‘rsatgan ulkan marhamati. Musulmon banda tahorat qilayotganda yaxshi niyat bilan Alloh taolodan astoydil tilab, ushbu hadisi sharifni eslagan holda har atszosini yuvganda: «iloho, ushbu atszolardan sodir bo‘lgan gunohlarim to‘kilgan bo‘lsin», deb so‘rasa, inshaalloh, maqsadi hosil bo‘ladi. Chunki tahorat qilish ham avval aytib o‘tilganidek katta ibodatdir. Shuning uchun ham tahorat qilayotganda boshqalar bilan gaplashish, shosha-pisha, chala-chulpa tahorat qilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Tahorat banda uchun Alloh tomonidan kichik gunohlarini yuvib olish uchun berilgan qulay fursatdir. Azonni eshitgan odam qiyomat chaqirig‘ini xayoliga keltirsin. O‘shanda nima deb javob berishini o‘ylasin. Mahsharga qay holatda hozir bo‘lishini ko‘z oldiga keltirsin. Namoz uchun avratini to‘sganda bu bilan xalqdan badanining uyat joylarini to‘sayotganini bilsin va Haqdan ichki sharmandaliklarini va nuqsonlarini qanday to‘sishini o‘ylasin. Ularni faqat tavba - nadomat, hayo va uyat hamda xavfu umidvorlik to‘sishi mumkinligini unutmasin. Qilbaga yuzlanganida yuzini turli taraflarni qo‘yib faqat Baytullohga o‘girganini bilsin va qalbini ham barcha narsalarni qo‘yib yolg‘iz Allohning O‘ziga bursin. Namozxon «Allohu akbar! » deb takbir aytganda tilini dili tasdiqlasin. O‘sha so‘zni aytganda dilida Allohdan ko‘ra katta narsa qolmasin. Agar unday bo‘lmasa, dili tilini tasdiqlamagan bo‘ladi. Shuningdek, tili bilan «Atsuzu billa-hi»ni aytib Allohdan panoh tilaganida, dili bilan ham Allohdan panoh so‘ramasa, gapi yolg‘on bo‘ladi. Namozxon qiroatining matsnosini tushunib borishi juda ham foydalidir. Ayniqsa, Fotihani o‘qiganda. Imom Nasaiy mashhur sahobiy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi qudsiyni doimo esida tutsin: «Alloh taolo aytadi: «Namozni O‘zim bilan bandam orasida ikkiga bo‘lganman, bandam nimani so‘rasa, beraman. Agar banda: «Alhamdu lillahi robbil alamin» desa, Alloh: «Bandam menga hamd-shukr ayt-di», deydi. Banda: «ar-Rohmanir Rohiym», desa, Alloh: «Bandam menga sano-maqtov ayt-di», deydi. Banda: «Maliki yavmiddin», desa, Alloh: «Bandam meni ulug‘ladi», deydi. Banda: «Iyyaka natsbudu va iyyaka nastatsiyn», desa, Alloh: «Bu men bilan bandam orasidagi narsa, bandam nimani so‘rasa, beraman», deydi. Agar banda: «Ihdinas sirotal mustaqiym, sirotallaziyna antsamta alayhim g‘oyril mag‘zubi alayhim va lazzooliyn», desa, Alloh: «Bu bandamga xos, so‘raganini berdim», deydi». Salafi solihlardan namozda qiroat matsnosini his etib hushidan ketganlar yoki hayotni tark etib yiqilganlar bor. Namozxon rukutsda tavozutsni, sajdada xoru zorlikni his etib turishi zarur. Shuningdek, namozdagi tasbih, takbir va barcha duolarni ham chin qalbdan, butun vujud ila his etib o‘qish, uqish va yashashga harakat qilmoq lozim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va salafi solihlarimiz namozda qalbning hozir bo‘lmasligini og‘ir olganlar. Ammor ibn Yasir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, bir odam (namozidan) turganda, unga uning o‘ndan biri, to‘qqizdan biri, sakkizdan biri, ettidan biri, oltidan biri, beshdan biri, to‘rtdan biri, uchdan biri yoki yarmigina yozilgan bo‘ladi», dedilar». Ikkovini Abu Dovud rivoyat qilgan. Ushbu hadisi sharifdan namoz bilan namozning farqi borligi, hatto qabul bo‘lgan namozlar orasida ham farq bo‘lishi ko‘rinib turibdi. Hamma ham namoz o‘qiyveradi, ammo o‘sha namozga Alloh taolo tomonidan beriladigan ajr namozxonning ixlosi va xushuts-xuzutsiga qarab berilar ekan. Xushuts-xuzutsni, ixlosni joyiga qo‘ygan odam namoz uchun belgilangan savobning hammasini olar ekan. Xushuts-xuzuts va ixlos kamaygan sari beriladigan savob ham yarim, uchdan bir, to‘rtdan bir, o‘ndan bir bo‘lib kamayib ketaverar ekan. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu: «Kim namozda turib qasd ila o‘ngida va chapida kim turganini bilsa, namozi namoz emas», deganlar. Abdul Vohid ibn Zayd rahmatullohi alayhi: «Ulamolar banda namozidan qanchasini esida saqlasa, shunchasi uniki bo‘lishiga ijmots qilishgan», degan. Ba’zi muxlis kishilardan quyidagilar rivoyat qilinadi: «Bir kishi o‘g‘liga, masjiddan shom namozini o‘qigan namozxonlarni boshlab kelgin, ularga ehsonimiz bor, depti. O‘g‘il namozdan keyin masjid darvozasida chiqayotganlardan imom «Fotiha»dan keyin qaysi surani o‘qiganini so‘rab, to‘g‘ri aytganlarni boshlab kelibdi. Otasi mehmonlar buncha oz, degan ekan: «O‘zingiz shom namozini o‘qiganlarni boshlab kel, degan edingiz, menimcha faqat shular o‘qishdi», depti. Albatta, bu o‘lchovlar taqvo yuzasidan bo‘lgan o‘lchovlardir. Ammo fatvo yuzasidan boshlash takbirini aytganda qalbi hozir bo‘lib namoz o‘qigan kishining farzi ado bo‘ladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qalb hozirligi namozning ruhidir. Buni hech qachon unutmaslik lozim.

26 Май 2022, 23:42 | Савол-жавоблар | 200 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar