Kofirlikdan so‘ng Islomga kirgan insonlarga havasim keladi

Islom dinida hayot kechirmay, umrining oxirida iymonga kelib, chiroyli vafot etayotganlarni ko‘p eshitmoqdaman va to‘g‘risi eshitganimda juda havasim keladi. Umri bo‘yi Islomda ibodat qilib, umrining oxirida bir kalima yomon so‘z aytib, yaxshi amallari yuvilib, hunuk suratda vafot etganlarni ham eshitganman. Islom o‘zidan avvalgi barcha gunohlarni kechirishini ham eshitganman. Umrining oxirida iymonga kelib vafot etganlarga havasim shu darajaga etdiki, kofirlarning iymon keltirishlari bilanoq gunohlardan pok bo‘lishlarini o‘ylab, men Islomda yurib ancha gunohlar qilganman deb kofirlarga havasim keladigan bo‘lib qoldi. Lekin boshqa tomondan Islomda ekanligimga noshukurlik qilib qo‘yayotganga o‘xshayapman. Savolim shuki, mening kofirlarga bunday suratda havas qilishim to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Noto‘g‘ri. Islomda bo‘lib Alloh taoloning roziligini topishning o‘ziga yarasha fazli bor. Siz dinimiz haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lmaganingiz uchun shunday xayolga klegansiz. Dinimizni tinimsiz o‘rganib boraversangiz juda ko‘p yaxshiliklarni bilib olasiz.

26 Май 2022, 23:42 | Савол-жавоблар | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar