Safarda o‘qiladigan qasr nomozi qazo bo‘ldi

Agar inson 4-5 kunni niyat qilib biror bir viloyatga xizmat safariga ketsa va xizmat safari jarayonida ish ko‘pligi yoki ma’lum bir sabablarga asosan nomozini qazo qilsa. Ya’ni Safarda o‘qiladigan qasr nomozi qazo bo‘ldi va shu kuni xuftondan so‘ng qazolarni bir boshdan o‘qish jarayonida qazo nomozlarini qasr qilib o‘qiydimi yoki to‘liq o‘qiydimi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avvalo mazkur tarzda namozlarni qazo qilib bo‘lmaydi. Qoida bo‘yicha qasr qilib o‘qilishi lozim bo‘lgan namozning qazosi qasr qilib o‘qiladi.

26 Май 2022, 23:49 | Савол-жавоблар | 368 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar