Janoza namozini o‘qib bo‘lib, yana duo qilish mumkinmi?

  SAVOL: Yaqinda "Saodati abadiya" degan kitobda janoza namozi haqidagi bir fatvoga ko‘zim tushdi va bu menda savol paydo qildi. Unda shunday deyilgan: "Janoza namozi o‘qilganidan keyin tobut yonida duo qilish joiz emasdir. “Zubdat-ul-maqomot”da aytiladiki, “Imom-i Rabboniy “qaddasollohu taolo sirruhul’aziyz) hazratlarining janoza namozi o‘qilganidan keyin turib duo qilinmadi. Darhol mozorga keltirildi. Janoza namozidan keyin tik turib duo qilishning makruh bo‘lganligi fich kitoblarida ko‘rsatilgandir.  Ba’zi imomlar bunday duolarni qilishayotgan bo‘lsalar-da, ularning bu qilganlari sunnatga uyg‘un emasdir”. [Bunday duoning joiz bo‘lmaganligi “Bazzoziyya” fatvosida ham yozib qo‘yilgandir. ]"  Biz tomonlarda ham shunday odat bor. Mayyitga janoza namozi o‘qib, salom berilgach, yana qaytadan qo‘l ko‘tarib, mayyit haqqiga duo qilinib, keyin tarqalish odatga aylangan. Bir ahli ilmning ma’ruzalarida aynan mana shu mavzuda shunday deyilganini ham eshitgandim: Imom Molik (agar zehnim pand bermagan bo‘lsa, o‘sha kishi) shunday degan ekanlar: "Janoza namozidan keyin yana duo qiladigan odamning kufridan qo‘rqaman".   Ustoz! Aytingchi mazhab kitoblarida mazkur savolda ko‘tarilgan masala haqida nimalar bayon qilingan?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Janoza namozining o‘zi duodan iboratdir. Undan keyin tobut oldida turib ko‘pchilik bo‘lib duo qilish o‘tgan azizlarimizdan rivoyat qilinmagan. Dafndan keyin duo qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida bor. Imom Molikka nisbat berib keltirgan gapingiz mutlaqo to‘g‘ri emas.

26 Май 2022, 23:52 | Савол-жавоблар | 227 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar