Men u qizga uylanmasam hukmi qanday bo‘ladi?
Assalomu Aleykum, Shayx Hazratlari! Men bundan chamasi bir yilcha oldin bir qiz bilan telefonda tanishib qolgan edim. 5-6 oycha faqat telefon orqali har hil mavzularda fikr almashib, odob doirasidan chiqmagan holda gaplashib yurdim. Vaqt o‘tishi bilan u qizning menga nisbatan muhabbati borligini sezib qoldim. Meni ham unga nisbatan fikrim o‘zgarib, ALLOH nasib qilsa kelajakda u qiz bilan turmush qilish niyati uyg‘ondi. Lekin, o‘sha vaqtda u qizning uyiga sovchilar kelayotgan edi. Lekin meni turmush qilishga sharoitim imkonim yo‘q edi. Men u qiz bilan yuzma-yuz bir marta ham uchrashmaganman, telefonda gaplashganman. Nima haqida gaplashganimizdan qizning uyidagilarning to‘liq xabari bor edi. Faqatgina qizning otasi qarshi edi, bizning telefonda gaplashishimizga. Vaqt o‘tib men qizning uyiga so‘vchilarimni jo‘natgan edim. Ular yarim yo‘lga etishganda o‘sha kun qizning uyida fotihasi bo‘layotganini eshitib orqaga qaytishdi. Qizning otasi qizining va uydagilarning qattiq qarshiligiga qaramasdan, o‘zi vadalashgan do‘stinig o‘g‘liga uzatdi. Qizning turmushi bo‘lmay, chamasi uch-to‘rt oyda bokira holida qaytgan. Eri bilan hozirda qonuniy ajrashmagan. Uyiga qaytib kelganidan shu kungacha uyiga 3-4 yaxshi joydan uylanmagan yigitladan sovchi kelgan. Qiz esa mendan boshqasi bilan turmush qilishni holamayotganini aytayapdi. Shayx Hazratlari, nojo‘ya sovol bergan bo‘lsam oldindan uzr so‘rayman! Sovolim shuki hozirda men bo‘ydoqman, men u qizga uylanmasam hukmi qanday bo‘ladi? Yaqin do‘stim, akam aytayapdilarki, u qizning shu holatiga tushushiga sen ham qaysidur ma’noda aybdor sababchi bo‘lishin mumkin, deyishayapdi. Shayx Hazratlari, iltimos maslahat bering, qanday yo‘l tutay? ALLOH ILOHIM sizdan Rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Telefonda bo‘lsa ham nomahramlarning muloqot qilish shunga o‘xshash kasofatlarga olib keladi. NosharHiy ish qilgan baribir jazosini oladi. Hozirda nima qilishni o‘zingiz bilasiz. Shariatda bunday holat muolaja qilinmagan.
26 Май 2022, 23:56 | Савол-жавоблар | 171 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Telefonda bo‘lsa ham nomahramlarning muloqot qilish shunga o‘xshash kasofatlarga olib keladi. NosharHiy ish qilgan baribir jazosini oladi. Hozirda nima qilishni o‘zingiz bilasiz. Shariatda bunday holat muolaja qilinmagan.
26 Май 2022, 23:56 | Савол-жавоблар | 171 | Dolzarb savollar