Xadislar

Assalomu alaykum! Ming bor uzr agar befoyda savol bergan bo‘lsam. Ikki hadis haqida so‘ramoqchi edim. 1). Qiyomat kuni birinchi bo‘lib uch nafar musulmonni savol-javobi haqida. Ular haqiqiy mo‘min bo‘lib, hamma farz amallarni to‘g‘ri bajargan, lekin niyati Alloh uchun emas. U odamlarga obro‘li ko‘rinish uchun bo‘lgani uchun do‘zaxga kirishadi.
2). Qiyomat kuni eng oxirgi odamning savol-javobi. U do‘zaxiy bo‘ladi, birinchi bor jannatni bir ko‘ray deydi. Jannatni ko‘rib Allohdan jannatga kirishni so‘raydi(va shu joyida aytilganki Alloh uni bu ishlarini ko‘rib tabassum qiladi yoki kulib) “jannatga kir va xohlagan narsangni so‘ra, men seni kechirdim” deydi.
Shu qiyomat kuni birinchi va oxirgi odam haqida hadis kelganmi? Yoki bu sahih emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ أُنَاسٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، هَلْ نَرَى رَبَّنَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ؟ فَقَالَ: «هَلْ تُضَارُّونَ فِي الشَّمْسِ، لَيْسَ دُونَهَا سَحَابٌ؟» قَالُوا: لَا يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «هَلْ تُضَارُّونَ فِي الْقَمَرِ لَيْلَةَ الْبَدْرِ، لَيْسَ دُونَهُ سَحَابٌ؟» قَالُوا: لَا يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «فَإِنَّكُمْ تَرَوْنَهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ كَذَلِكَ، يَجْمَعُ اللهُ النَّاسَ فَيَقُولُ مَنْ كَانَ يَعْبُدُ شَيْئًا فَلْيَتَّبِعْهُ، فَيَتْبَعُ مَنْ كَانَ يَعْبُدُ الشَّمْسَ، وَيَتْبَعُ مَنْ كَانَ يَعْبُدُ الْقَمَرَ، وَيَتْبَعُ مَنْ كَانَ يَعْبُدُ الطَّوَاغِيتَ، وَتَبْقَى هَذِهِ الْأُمَّةُ فِيهَا مُنَافِقُوهَا، فَيَأْتِيهِمُ اللهُ فِي غَيْرِ الصُّورَةِ الَّتِي يَعْرِفُونَ، فَيَقُولُ: أَنَا رَبُّكُمْ. فَيَقُولُونَ: نَعُوذُ بِاللهِ مِنْكَ، هَذَا مَكَانُنَا حَتَّى يَأْتِيَنَا رَبُّنَا، فَإِذَا أَتَانَا رَبُّنَا عَرَفْنَاهُ. فَيَأْتِيهِمُ اللهُ فِي الصُّورَةِ الَّتِي يَعْرِفُونَ، فَيَقُولُ: أَنَا رَبُّكُمْ. فَيَقُولُونَ: أَنْتَ رَبُّنَا، فَيَتْبَعُونَهُ وَيُضْرَبُ جِسْرُ جَهَنَّمَ». قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «فَأَكُونُ أَوَّلَ مَنْ يُجِيزُ، وَدُعَاءُ الرُّسُلِ يَوْمَئِذٍ: اللَّهُمَّ سَلِّمْ سَلِّمْ، وَبِهِ كَلَالِيبُ مِثْلُ شَوْكِ السَّعْدَانِ، أَمَا رَأَيْتُمْ شَوْكَ السَّعْدَانِ؟» قَالُوا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «فَإِنَّهَا مِثْلُ شَوْكِ السَّعْدَانِ، غَيْرَ أَنَّهَا لَا يَعْلَمُ قَدْرَ عِظَمِهَا إِلَّا اللهُ، فَتَخْطَفُ النَّاسَ بِأَعْمَالِهِمْ، مِنْهُمُ الْمُوبَقُ بِعَمَلِهِ، وَمِنْهُمُ الْمُخَرْدَلُ، ثُمَّ يَنْجُو، حَتَّى إِذَا فَرَغَ اللهُ مِنَ الْقَضَاءِ بَيْنَ عِبَادِهِ، وَأَرَادَ أَنْ يُخْرِجَ مِنَ النَّارِ مَنْ أَرَادَ أَنْ يُخْرِجَ، مِمَّنْ كَانَ يَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، أَمَرَ الْمَلَائِكَةَ أَنْ يُخْرِجُوهُمْ، فَيَعْرِفُونَهُمْ بِعَلَامَةِ آثَارِ السُّجُودِ، وَحَرَّمَ اللهُ عَلَى النَّارِ أَنْ تَأْكُلَ مِنِ ابْنِ آدَمَ أَثَرَ السُّجُودِ، فَيُخْرِجُونَهُمْ قَدِ امْتُحِشُوا، فَيُصَبُّ عَلَيْهِمْ مَاءٌ يُقَالُ لَهُ مَاءُ الْحَيَاةِ، فَيَنْبُتُونَ نَبَاتَ الْحِبَّةِ فِي حَمِيلِ السَّيْلِ، وَيَبْقَى رَجُلٌ مُقْبِلٌ بِوَجْهِهِ عَلَى النَّارِ فَيَقُولُ: يَا رَبِّ، قَدْ قَشَبَنِي رِيحُهَا وَأَحْرَقَنِي ذَكَاؤُهَا، فَاصْرِفْ وَجْهِي عَنِ النَّارِ. فَلَا يَزَالُ يَدْعُو اللهَ. فَيَقُولُ: لَعَلَّكَ إِنْ أَعْطَيْتُكَ أَنْ تَسْأَلَنِي غَيْرَهُ. فَيَقُولُ: لَا وَعِزَّتِكَ لَا أَسْأَلُكَ غَيْرَهُ. فَيَصْرِفُ وَجْهَهُ عَنِ النَّارِ، ثُمَّ يَقُولُ بَعْدَ ذَلِكَ: يَا رَبِّ، قَرِّبْنِي إِلَى بَابِ الْجَنَّةِ. فَيَقُولُ: أَلَيْسَ قَدْ زَعَمْتَ أَنْ لَا تَسْأَلْنِي غَيْرَهُ، وَيْلَكَ ابْنَ آدَمَ مَا أَغْدَرَكَ. فَلَا يَزَالُ يَدْعُو. فَيَقُولُ: لَعَلِّي إِنْ أَعْطَيْتُكَ ذَلِكَ تَسْأَلَنِي غَيْرَهُ. فَيَقُولُ: لَا وَعِزَّتِكَ لَا أَسْأَلُكَ غَيْرَهُ. فَيُعْطِي اللهَ مِنْ عُهُودٍ وَمَوَاثِيقَ أَنْ لَا يَسْأَلَهُ غَيْرَهُ، فَيُقَرِّبُهُ إِلَى بَابِ الْجَنَّةِ، فَإِذَا رَأَى مَا فِيهَا سَكَتَ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ يَسْكُتَ، ثُمَّ يَقُولُ: رَبِّ أَدْخِلْنِي الْجَنَّةَ. ثُمَّ يَقُولُ: أَوَلَيْسَ قَدْ زَعَمْتَ أَنْ لَا تَسْأَلَنِي غَيْرَهُ، وَيْلَكَ يَا ابْنَ آدَمَ مَا أَغْدَرَكَ. فَيَقُولُ: يَا رَبِّ لَا تَجْعَلْنِي أَشْقَى خَلْقِكَ. فَلَا يَزَالُ يَدْعُو حَتَّى يَضْحَكَ، فَإِذَا ضَحِكَ مِنْهُ أَذِنَ لَهُ بِالدُّخُولِ فِيهَا، فَإِذَا دَخَلَ فِيهَا قِيلَ تَمَنَّ مِنْ كَذَا. فَيَتَمَنَّى، ثُمَّ يُقَالُ لَهُ تَمَنَّ مِنْ كَذَا. فَيَتَمَنَّى حَتَّى تَنْقَطِعَ بِهِ الْأَمَانِيُّ، فَيَقُولُ لَهُ: هَذَا لَكَ وَمِثْلُهُ مَعَهُ». قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ: وَذَلِكَ الرَّجُلُ آخِرُ أَهْلِ الْجَنَّةِ دُخُولًا. طرفاه: 806، 7437 - تحفة: 13151، 14213 - 148/8 6574 – قَالَ: وَأَبُو سَعِيدٍ الْخُدْرِيُّ جَالِسٌ مَعَ أَبِي هُرَيْرَةَ، لَا يُغَيِّرُ عَلَيْهِ شَيْئًا مِنْ حَدِيثِهِ حَتَّى انْتَهَى إِلَى قَوْلِهِ «هَذَا لَكَ وَمِثْلُهُ مَعَهُ». قَالَ أَبُو سَعِيدٍ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَقُولُ: «هَذَا لَكَ وَعَشَرَةُ أَمْثَالِهِ». قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ: حَفِظْتُ «مِثْلُهُ مَعَهُ». أطرافه: 22، 4581، 4919، 6560، 7438، 7439 تحفة: 4045، 4156 Ato ibn Yazid Laysiydan rivoyat qilinadi: «Abu Hurayra shunday aytib berdi: «Odamlar: «Ey Allohning Rasuli, qiyomat kuni Robbimizni ko‘ramizmi?» deyishdi. U zot: «Bulut to‘smagan quyosh(ni ko‘rish)da bir biringizga xalaqit qilasizlarmi?» dedilar. «Yo‘q, ey Allohning Rasuli», deyishdi. «Oy to‘lgan tunda  oy(ni ko‘rish)da bir biringizga xalaqit qilasizlarmi?» dedilar. «Yo‘q, ey Allohning Rasuli», deyishdi. «Qiyomat kuni U Zotni ana shunday ko‘rasiz. Alloh odamlarni to‘plab, «Kim nimaga ibodat qilgan bo‘lsa, o‘shanga ergashsin!» deydi. Quyoshga ibodat qilganlar (unga) ergashadi, oyga ibodat qilganlar (unga) ergashadi, tog‘utlarga ibodat qiladiganlar ham (ularga) ergashadi va bu ummat o‘z ichidagi munofiqlari bilan qoladi. Alloh ularning oldiga ular tanimaydigan suratda kelib, «Men Robbingizman!» deydi. Ular: «Sendan Allohning panohiga qochamiz! Robbimiz oldimizga kelgunicha joyimiz mana shu. Robbimiz oldimizga kelsa, Uni taniymiz», deyishadi. Alloh ularning oldiga ular taniydigan suratda kelib, «Men Robbingizman», deydi. Ular: «Sen Robbimizsan!» deb, Unga ergashishadi. Jahannam ko‘prigi qo‘yiladi. O‘tadiganlarning birinchisi men bo‘laman. U kuni rasullarning duosi «Allohim, salomat saqla, salomat saqla!» bo‘ladi. Unda sa’don* tikanlariga o‘xshagan ilgaklar bor. Sa’donning tikanlarini ko‘rganmisiz?» dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli!» deyishdi. U zot shunday dedilar: «Ular sa’donning tikanlariga o‘xshaydi. Biroq ularning naqadar kattaligini Allohdan boshqasi bilmaydi. Ular odamlarni amallariga qarab ilib qoladi. Ularning orasida o‘z amali sababli halok bo‘ladigani ham bor, parchalanib ketib, keyin najot topadigani ham bor. Nihoyat, Alloh bandalarining orasida hukm chiqarib bo‘lgach, «Laa ilaaha illalloh», deb guvohlik bergan, O‘zi do‘zaxdan chiqarishni iroda qilganlarni chiqarmoqchi bo‘ladi va farishtalarga ularni chiqarishni buyuradi. Ularni sajda izlaridan tanib olishadi. Alloh Odam bolasidagi sajda izini eyishni do‘zaxga harom qilgan. Xullas, ularni do‘zaxdan kuyib qorayib ketgan hollarida chiqarishadi. Ularning ustidan «hayot suvi» degan suv quyiladi. Ular xuddi sel oqizig‘idagi urug‘ unib chiqqandek «unib» chiqishadi. Bir kishi yuzi bilan do‘zaxga qaragan bo‘yi qolib, «Ey Robbim, uning hidi meni behuzur qilib, alangasi kuydirib tashladi ku! Yuzimni do‘zaxdan burib qo‘y!» deb, Allohga tinmay duo qilaveradi. Shunda U Zot: «Senga ato qilsam, boshqasini ham so‘rarsan?» deydi. U: «Yo‘q, izzatingga qasamki, boshqasini so‘ramayman», deydi. U Zot uning yuzini do‘zaxdan burib qo‘yadi. Shundan keyin u: «Ey Robbim, meni jannatning eshigiga yaqinlashtir!» deydi. U Zot: «Boshqasini so‘ramayman, demaganmiding? Holingga voy bo‘lsin, Odam bolasi! Bunchalar bevafosan!» deydi. U duo qilaveradi. Shunda U Zot: «Agar senga buni ham ato qilsam, boshqasini ham so‘rarsan?» deydi. U: «Yo‘q, izzatingga qasamki, boshqasini so‘ramayman», deb Allohga boshqa narsa so‘ramaslikka ahdu paymon beradi. Alloh uni jannatning eshigiga yaqinlashtiradi. U undagi narsalarni ko‘rgach, Alloh xohlaganicha jim turadi, keyin: «Ey Robbim, meni jannatga kirit!» deydi. U Zot: «Boshqasini so‘ramayman, demaganmiding? Holingga voy bo‘lsin, Odam bolasi! Bunchalar bevafosan!» deydi. U: «Ey Robbim, meni yaratganlaringning eng baxtiqarosi qilib qo‘yma!» deydi. U duo qilaveradi, nihoyat, U Zot kuladi. Kulgan payt unga kirishga izn beradi. Kirgach, unga: «Falon narsalarni tila!» deyiladi. U tilaydi. Keyin yana: «Falon narsalarni tila!» deyiladi. U tilayveradi, hatto tilaklari tugab qoladi. Shunda unga: «Bu ham, bu bilan birga yana shuncha ham senga», deydi». Abu Hurayra: «Jannat ahlining eng oxiri kiradigani o‘sha kishidir», dedi. Abu Sa’id Xudriy ham Abu Hurayra bilan o‘tirgan edi. Uning hadisidan hech narsani o‘zgartirmadi, lekin «Bu ham, bu bilan birga yana shuncha ham senga» degan joyiga etganda Abu Sa’id: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Bu ham, buning o‘n baravari ham senga», deyayotganlarini eshitganman», dedi. Abu Hurayra: «Men «bu bilan birga yana shuncha» deb yodlaganman», dedi. * Sa’don – tikanli o‘simlik bo‘lib, tuyaning sevimli emishi hisoblanadi. Izoh: Alloh taologa nisbatan «kulish» fe’lining ishlatilishi aqiydaga oid masaladir. Sahih xabarlarda keltirilgan bunday ma’lumotlarga qanday bo‘lsa, shundayligicha iymon keltirish, ularning tugal ma’nosini Allohning O‘ziga havola qilish maqsadga muvofiqdir. «Allohning qabzasi», «kulishi», «yuzi», «qo‘li», «ko‘zi», «qadami» va shu kabi vasflar Alloh taoloning O‘ziga xos sifatlari bo‘lib, maxluqotlarning sifatlaridan mutlaqo boshqadir. Ahli sunna val jamoa e’tiqodiga ko‘ra, bu sifatlarga ularning qandayligini tasavvur qilmagan, surishtirmagan holda iymon keltirish vojibdir. Bu borada Alloh taoloning «U Zotga o‘xshash hech narsa yo‘qdir» degan so‘zi asosiy qoida bo‘ladi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

28 Апрел 2022, 09:08 | Савол-жавоблар | 219 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar