Janozadan keyin mehmon kutib dasturxon yozish
"Ijtimoiy odoblar" kitobingizda janoza mavzusini o‘qigandim. Tushunmagan joyim bor. Shuni tushuntirib bering, iltimos. Iqtibos: "dafndan keyingi birinchi uch kunda mayyit ahlining boshqalarga taom qilib berishi makruhdir. Agar merosxo‘rlar ichida balog‘atga etmagan bolalar bo‘lsa, boshqalarga taom qilib berishi haromdir". (ijtimoiy odoblar, 448-bet) Man shu eriga tushunmadim: jiyanim o‘lganida pulimga dasturxonga deb magazindan konfet, qand, pechene, olma va x. K olib keludim. Chunki ularda umuman shungayam sharoit yo‘q edi. Bugun mayyit ketgandan keyin dasturxon yozib, stol tayyorladik. Tabiiyki men olib kelgan narsalar ham dasturxonda bor. Kegan-ketganlar shu dasturxondan choy ichib, ovqat emoqdaku bemalol. Savol: bunaqa qilish mumkinmasmi? Dasturxon yozib ovqatlantirish? Agar mumkinmas bo‘lsa, meni ishimga kafforat uchun nima qilayin?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz mazkur kitobda aytilgan narsa o‘zingiz qilgan ishga to‘g‘ri kelmagani uchun tushunmadim demoqdasiz. Noto‘g‘ri ish qilibman deyishga jasoratingiz etmagan. Qilgan ishingiz uchun tavba etishingiz zarur.
26 Май 2022, 23:59 | Савол-жавоблар | 155 | Ibodatlar