Qo‘qondagi Suq mozor degan joy haqida

Hazrat bizning Qo‘qon shahrida «Suq mozor» degan joy bor. U erda ko‘pchilik ishi yurishmaganlar, ko‘p kasal bo‘laverganlar borishadi. Hullas, u erga kiraverishda bir dona qabr bor. U qabr kimniki ekanligi ma’lum qilinmagan. Hovliga o‘xshagan maydonga bir kishi yotsa bo‘ladigan qilib erga bir nechta joy ajratilgan va har bir joy qamishlar bilan chegaralangan. Najot istab boruvchilar o‘sha erga borib 3 marta yoki 7 marta yotib chap va o‘ng tarafga ag‘anaydi. Xalq tilida "yumaladi" deyiladi. Bu amaldan keyin bir xonaga kiriladi u erda bir xotin qo‘lida qora kuyindiga o‘xshagan jism bilan "mijoz"ni urib turadi, go‘yo unga yopishib olgan ins-jinslarni tushirib yuborayotgandek. . . Bajarayotgan amali davomida notabiiy, g‘alati ovozlar chiqaradi. Savol: mazkur holatni Islom diniga aloqasi bormi? Mazkur holat bid’at xurofotlardan bittasi emasmi? O‘sha erga najot istab borganlar Allohga shirk keltirib qo‘yishmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Bu holatdagi barcha narsalar bid’at, xurofot va zalolatdan iboratdir. Bu ishlarning birortasi mo‘min-musulmon bandaga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Bu ishni qilgan har bir odam katta gunoh sodir etgan bo‘ladi. Bu dunyoda ham, oxiratda ham ishi orqaga ketadi. Ishi yurishmagan va kasal bo‘lganlar Alloh taolodan ishini yurishini so‘rashi va jiddiy harakat qilishi, kasal bo‘lganlar esa, Alloh taolo shifo so‘rashi va tabibga uchrashi kerak.

27 Май 2022, 00:00 | Савол-жавоблар | 171 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar