Porolon materialidan tayyorlanadigan maxsulotlar

Assalamu alaykum! Men porolon materialidan har xil turdagi mahsulotlar ishlab chikaradigan firmada ishlayman. U erda maxsus idish-tovoq yuvish uchun, hammom uchun va shu kabi ko‘p turdagi gubka va mochalkalar chiqariladi. Bu kabi mahsulotlarni tayyorlash jarayonida sifati talabga javob bermaydigan va har xil o‘lchamdagi porolon qiyqimlarni axlatga tashlanadi. U erdagi ishchilarning deyarli hammasi ana shu sifatsiz va porolon qiyqimlarini o‘zlari bilan olib ketishadi. Ana o‘sha axlatga tashlangan sifatsiz mahsulotlar sotish talabiga umuman javob bermasada, lekin biz kabi ishchilar uchun uy sharoitida foydalansa bo‘ladi. Garchi sifat darajasi bozor standartiga to‘g‘ri kelmasada, ushbu turdagi narsalarni rahbarlarning ruxsatisiz olib ketish joizmi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mulk egasidan so‘rang. Agar rozi bo‘lsa oling, rozi bo‘lmasa so‘ramasdan olishga haqqingiz yo‘q. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:42 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar